Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:22

AQSh prezidenti Barak Obama Facebook sayti "prezidenti' Mark Zukerberg qabulida bo'ldi


AQSh prezidenti Barak Obama Facebook qarorgohida Mark Zukerberg va facebookchilar savollariga javob bermoqda.
AQSh prezidenti Barak Obama Facebook qarorgohida Mark Zukerberg va facebookchilar savollariga javob bermoqda.
AQShning birinchi "Internet prezidenti" Barak Obama Internetdagi eng katta ijtimoiy tarmoq bo'lmish Facebook sayti "prezidenti" Mark Zukerberg qabulida bo'ldi.

20 aprel kuni Facebookning Kaliforniya shtatidagi bosh qarorgohida o'tgan uchrashuv davomida prezident Barak Obama amerikalik facebookchilar bilan AQShning bugungi kundagi muhim muammolari haqida gasltukda, lekin norasmiy tarzda suhbat qurdi.

Uchrashuvni o'zi ochib bergan 26 yoshli milliarder Mark Zuckerber hayajonini yashirmadi:
Statistikaga ko'ra AQSh aholisining yarmi Facebookda ro'yxatdan o'tgan. Bu esa 150 millon odam deganidir.

- So'ngi kunlarda Facebookdan foydalanayotgan siyosatchilar soni ortayotganini kuzatmoqdamiz... Kechirasizlar, men hayajonlanayapman. Ahir bugun AQSh prezidenti bizning mehmonimiz!, - so'zlari bilan Zukerberg prezident Obamani davraga taklif qildi.

"Firmenniy" tabassumi bilan davraga chiqib kelgan Barak Obama o'zini taniqli Mark Zukerbergni kostyum va galstuk kiyishga majburlagan inson deya tanishtirdi.

- Hamma salom!.. Mening ismim Barak Obama va men Mark Zukerbergni kostyum kiyib, galstuk taqishga majbur qilgan yagona insondirman, dedi prezident Obama qarsaklar ostida.

Biroq, bu so'zlardan so'ng Obama Zukerbergga kostyumlarni yechib suhbat qurishni taklif qildi. Yilda 356 kun kostyum kiyishga majbur Obama negadir:

- Shunday qilsak qulayroq bo'ladi, - dedi.

Eslatamiz, 2010 yil Facebook haqida olingan filmda yaramas inson sifatida ko'rsatilgan Mark Zukerberg, boy bo'lishiga qaramasdan kamtarin hayot olib boradi. Qimmatbaho kiyimlardan ko'ra oddiy sviter, jinsi shim va krossovkalarni afzal ko'rgan Zukerberning hech galstuk va kosytum kiygan suratini ko'rmaysiz.

AQSh prezidenti Barak Obama Facebook asoschisi Mark Zuckerberg bilan sahna ortida suhbat qurmoqda.
Facebookchilar bilan suhbat Zukerbergning davlat byudjetini qay yo'llar bilan qisqrtish kerakligi haqidagi savoli bilan boshlandi. Savollar seriyasi tugab, suhbat yakuni e'lon qilinganidan so'ng Mark Zukerberg prezident Obamaga "Facebook" yozuvi tushirilgan sviter sovg'a qildi.

Obama uchrashuv davomida facebookchilar savollariga o'ziga hos dadillik bilan javob bergan bo'lsa-da, javoblarining mazmuni ko'pchilik tahlilchilar tarafidan tanqidga uchradi.

Tahlilchilar Obamaning foydanaluvchilari soni 650 millionga yaqinlashib qolgan Facebook sayti orqali chiqishini 2012 yilga belgilangan prezidentlik saylovi bilan bog‘lashmoqda.

AQShning amaldagi prezidenti keng ko‘lamli ijtimoiy va moliyaviy islohotlar dasturini oxiriga yetkazish uchun ikkinchi muddatga prezident etib saylanishi kerakligini ma‘lum qilgan edi.

Facebook saytiga 2004 yili (20 yoshida) asos solgan Mark Zukerberg bugun dunyoning eng yosh milliarderlardan biridir. "Time" jurnali Markni 2010 yil insoni deya e'lon qilgan.
Shu bois ham tahlilchilar Obamaning facebookchilar bilan qurgan suhbatining asosiy maqsadi prezident javoblarining mazmuniy tarafi emas, balki "ikki tomonni reklama qilish", deya ta'kidlashmoqda. Ya'ni, prezident Obama Facebookni, Facebook esa 2012 yilda prezidentlik saylovlarida qatnashmoqchi bo'lgan Barak Obamani "reklama" qilgan.

AQShning 44-chi va birichi qora tanli prezidenti bo'lmish Barak Obama 2009 yili prezidentlik saylovida yutib chiqishida ham Internetning roli katta bo'lgan. Barak Obama AQSh tarixida birinchi marotaba Internetdagi ijtimoiy tarmoq va bloglarni o'z saylovoldi kampaniyasida faol ishlatgani uchun "Internet prezident" degan laqab ham olgan edi.

Obamaning Facebook qarorgohida qilgan kechagi chiqishi, uni bu safargi prezidentlik saylovlarida ham Internetni to'lig'i bilan ishlatishiga ishoradir.

"Ming marta o'qigandan ko'ra, bir marta ko'rga afzal" (internetchilar maqoli)

XS
SM
MD
LG