Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:10

Facebook video-qo'ng'iroq xizmatini ishga tushirmoqchi


Tinib-tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o'ylab topishmaydi-ya! Yaqin kunlarda dunyodagi eng katta Facebook ijtimoiy tarmog'i sayt ichida video-qo'ng'iroq xizmatini ishga tushirmoqchi. Bu haqda TechChrunch.com veb-sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko'ra, Facebook shirkati internet orqali qo'ng'iroqlar bo'yicha gigant shirkat Skype kompaniyasi bilan bir necha oydan beri yangi xizmat ustida ish olib bormoqda. Yangi xizmat ishga tushsa, Facebookchilar bir-biri bilan nafaqat xat va matnli chat, balki video-qo'ng'iroq orqali ham mulotoq qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Facebookning yangi xizmat e'lon qilishi uning Google kabi yirik shirkatlar bilan olib borayotgan raqobati mahsuliga o'xshaydi. Chunki bundan bir necha kun oldin onlayn qidiruv bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turuvchi Google shirkati o'zining Google + nomli ijtimoiy tarmog'ini ishga tushirgan edi.

82 ming o'zbekistonlik Facebookchilarga ijtimoiy tarmoqning yangi xizmati yoqib tusharmikin? Aziz mushtariy, siz nima deysiz?
XS
SM
MD
LG