Линклар

logo-print

Balog'at yoshiga yetmagan bolalarning Facebook va shunga o'xshash ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi qabziyat, ya'ni depressiyaga olib kelishi mumkin.

Amerika Pediatrlar Assotsiatsiyasi (APA) vrachlari o'tkazgan tadqiqot natijalariga ko'ra, Internetdagi ijtimoiy tarmoqda do'stlari bilan yuz beradigan muammolarning yosh bolaga bo'lgan ta'siri real hayotdagi xuddi shunday muammolar ta'siridan ancha kuchliroq.

Pediatrlarning ta'kidlashicha, AQShda yosh bolalarning 22 foizi kuniga kamida 10 marotaba Internetga ulanadi va ko'p hollarda bu ularning bilim olishiga, yetarlicha uxlash va dam olishiga halaqit beradi. Bostonlik APA perdiatri Gven O'Kifning (Gwenn O'Keefe) aytishicha, Internetdagi muloqot nafaqat depressiyaga, balki bolalarning odamlar o'rtasida bo'ladigan aloqa haqida noto'g'ri tushuncha berishi mumkin.

- Bolalar Internetda do'stlari bilan qilgan muloqotning aksariyatida ularning ma'noli harakatini, imo-ishoratini ko'rish imkoniyati bo'lmaydi. Bu esa yosh bolaning miyasida insonlarning bir-biri bilan qiladigan aloqa haqida noto'gri psixologik tushuncha yasaydi, deydi bolalar vrachi O'Kif.

Buni oldini olish uchun amerikalik pediatrlar ota-onalarga o'z bolalari bilan ularning Internetdagi do'stlari haqida, ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar haqida suhbat qurib turishni va muammolar bo'lsa bolalar vrachiga murojaat qilishni tavsiya etadi.

O'zbekistonda ham Internet rivojlanib borar ekan yosh bolalarning ko'pchiligi Odnoklassniki.Ru va Mail.Ru saytining "Moy mir" ijtimoiy tarmoqlarida ko'p vaqt o'tkazishmoqda. Mobil Internetning keng tarqalganligi va narxi arzonligi yosh bolalarga qo'l telefonlari orqali Mail Agent kabi chat dasturlariga hohlagan vaqtda kirish imkoniyatini yaratmoqda.

O'zbekistonda aholining Internet bilan foydalanish darajasi hali AQShdagi kabi bo'lmasa-da, "Yosh tolqin" tahririyati o'zbekistonlik ota-onalarga amerikalik perdiatrlarning maslaxatiga quloq solishini tavsiya qiladi.

XS
SM
MD
LG