Линклар

logo-print
Falastin muxtoriyati rahbarlari yakshanba kuni mustaqil Falastin davlati sifatida dunë e‘tirofiga erishish rejasini rasman tasdiqlashdi.

Falastin ma‘muriyati BMT Bosh Assambleyasining sentabr oyidagi yig‘ilishida bu masalani kun tartibiga qo‘yishmoqchi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu ish amalga oshib¸ BMTga a‘zo davlatlarning ko‘pchiligi qo‘lloviga ega bo‘lsa¸ bu falastinliklarning jiddiy siësiy g‘alabasi bo‘ladi.

Ayni paytda BMTga yangi a‘zo qabul qilishni BMT xavfsizlik kengashi hal qiladi.

BMT xavfsizlik kengashining doimiy a‘zosi bo‘lgan AQSh Falastin mustaqilligiga qarshi ekanini bildirib¸ avval ular Isroil bilan muammolarini hal qilib olishlari zarurligini ta‘kidladi.

Shu yil boshida Ekvador¸ Braziliya, Argentina va Urugvay Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgan edi. Isroil esa buni keskin qoralagan.
XS
SM
MD
LG