Линклар

Yaqinda Farg‘ona viloyatida bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri “Erkin mikrofon”ga qo‘ng‘iroq qildi va boshidan kechirganlarini gapirib berdi.

U kishi shu yil may oyida Rossiyadan uchib, Farg‘ona aeroportiga qo‘nganida bojxona xizmati xodimlarining O‘zbekistonga Rossiyadan kirayotgan yo‘lovchilar yonida bo‘lgan qo‘l telefoni va noutbuklarni alohida teshkshirayotganiga guvoh bo‘lgan.

Suhbatdoshimizning yonida noutbuk bo‘lgan va bojxona xodimlari kompyuterni tekshirib, u yerda O‘zbekistonga olib kirish taqiqlangan ma‘lumotlar bor, deb topishgan va suhbatdoshimizga ko‘ra, shu asosda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkinligini aytishgan.

Biz bu kishidan voqea tafsilotlarini aniq surishtirdik va bu voqea sizni ham qiziqtirsa kerak, degan taxminda suhbatni sizga havola qilishga qaror qildik.

Suhbatdoshning iltimosiga ko‘ra, uning ismi va voqea sodir bo‘lgan sanani oshkor qilmayapmiz.

- Tekshiruv bir-bir yarim soat davom etdi. Tamojnyalar qo‘l telefonlari, kompyuterlar, jyostkiy disklar hammasini bir boshdan tekshirayotgan ekan. Noutbuk bor edi. Noutbukni yoqing, dedi. Noutbukning sumkasida jyostkiy disk bor edi. Oddiy kinolar, har xil nimalar bo‘lgan. Programmasi bor ekan. Shuni kompyuterimga o‘rnatishib, haligi programmada necha marta qaysi saytga kirgansiz, ferghana.ru, ozodlik.org saytlariga kirganlarimizning hammasini aniqlab, “Bu saytlar O‘zbekistonda zapret qilingan. Siz nimaga bunaqa saytlarga kirayapsiz? Mumkinmas” dedi. Vyebsaytning shunday ko‘rinishi borku, o‘shalar ham kompyuterda qolar ekan, qanaqadir ma‘lumot bo‘lib qolar ekan. “Mana shu ma‘lumotlarni nima qilgansiz. Mumkin emas. Bularning hammasini tekshiruvga beramiz. Mustaqil ekspertlarimiz tahlil qilgandan keyin qaytib beramiz” deb noutbuk, qo‘l telefoni va jyostkiy disklarni olib qolishdi. “Agar ikki-uch kunning ichida tekshirib, bu yerda zapreshenniy narsa topa olmasak, qaytib beramiz” deb aytishgan edi.

Qonunlar haqqoniymas, advokatga uchrashib, haqiqatan o‘sha aytganim bo‘libdida. “Bunga jinoiy ish qo‘zg‘aymiz. Bu narsalar mumkin emas. Blokirovka qilingan saytlardan olingan narsalar O‘zbekistonga olib kirilayapti” deb 244-1 degan moddamiz bor ekan jinoyat kodeksida. “O‘sha bo‘yicha ish qo‘zg‘aymiz” debdi.

Ishonsangiz, O‘zbekistonga kirdim, obedgacha o‘sha advokat bilan ovora bo‘ldim. Uyga ham yetib bora olmadim. Farg‘onadan bizning uyimizgacha 70 kilometr. “Bu yerda yurmaganingiz ma‘qul. Agar sizni roziskka berib yuborsa, umuman bu yerda siz chiqib keta olmaysiz. Hozir uyingizda sizni poylab turgan bo‘lishi mumkin. Keyin sizni olib ketadi” dedi. Xudodan ko‘rdim, nima bo‘lsa bo‘ldi, deb uyga kirib bolalar bilan ko‘rishib, yarim soat birga o‘tirib, Rossiyaning lyuboy shahriga bilet bo‘lsa bo‘ldi deb olib uchib qaytib keldim. Hozir shu paytgacha aniq ma‘lumot yo‘q. Ikki kunning birida advokatga telefon qilib xabarlashaman.

Ozodlik: Ularni nima ma‘lumot ko‘proq qiziqtirdi? Kompyuteringizni ochib tekshirayotganda, ko‘proq siyosiy mazmundagi vyebsaytlarga kirganingiz qiziqtirdimi yoki diniy mazmundagi adabiyotlar, vyebsaytlarga kirganingiz qiziqtirdimi?

- Asosiysi “Siyosat bilan shug‘ullanar ekansiz. Shuning uchun kompyuteringizni bir qator tekshirmasak bo‘lmaydi” deyishdi.

Ozodlik: Siyosat bilan shug‘ullanishingizni qayerdan bildi ular?

- Kompyuterdagi kirilgan saytlardan bildi.

Ozodlik: Aeroportga keldingiz, tushdingiz. Hammaning kompyuterini ochib birma bir qaysi saytga kirganini tekshirayaptimi yoki konkret sizni tekshirdimi?

- Ko‘proq mehnat muhojilari, mardikorlar uchganligi uchun hammada ham kompyuter bor deyishning o‘zi noto‘g‘ri. Menga o‘xshab qo‘lida noutbuk bilan uchadiganlar 10-20tadan bitta bo‘lishi mumkin. lekin menikini tekshirishdi. Boshqalarning ham telefonlarini juda qattiq tekshirishayapti. Qo‘ldagi telefonlar, fleshkalarni olib tekshirib, keyin ham eshitdim, noto‘g‘ri ma‘lumotlar bormi yo‘qmi ko‘proq shunga ishqiboz bo‘lishayapti. Keyin o‘zimning fikrimcha, bo‘ysunmaslik aksiyasi, keyin bo‘lib ketayotgan ediyu o‘sha kunlari...

Ozodlik: SMS inqilobi.

- Shu nuqtai nazardan ko‘proq bu narsalar Rossiyada ko‘proq, ularning ishtirokchilari O‘zbekistonda tashqarida ko‘proq bo‘lganligi uchun shumikan sababi deb ham o‘yladim.

Ozodlik: Siz nima deb o‘ylayapsiz nima uchun sizga ular jinoiy ish qo‘zg‘atish harakatiga tushishgan? Rostdan ham biror-bir siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanasizmi? yoki axborotlarni o‘qiganingizning o‘zi kifoya qildimi ularga?

- Hech qanaqa siyosiy ishlar bilan shug‘ullanmaganman. O‘zimning ishim o‘zimga yetib ortadi. Faqat bu yerda ish ketayaptiki, O‘zbekistonda bilasiz juda ko‘p saytlar blokirovka qilingan. Juda ko‘p yopilgan saytlarni biz Rossiyada ochishimiz mumkin. Xuddi o‘sha O‘zbekistonda yopilgan saytlardan ma‘lumot olib Rossiyadan kelganlar tarqatishayapti degan nuqtai nazardan ular tekshirishayapti, deydi suhbatdoshimiz.

Hozir bu suhbatdoshimiz Rossiyada va O‘zbekistonda uning ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkinligi haqidagi xavotirda kun ko‘rmoqda. Eslatamiz, suhbatdoshning iltimosiga muvofiq uning ismi va voqea sodir bo‘lgan sanani oshkor qilmayapmiz.

Biz bu suhbatdan so‘ng Farg‘ona aeroportiga bog‘landik. Jurnalistligimizni aytib, murojaat qilganimiz bois avvaliga axborot olishning mutlaqo imkoni bo‘lmadi va shu bois xalqaro amaliyotda mavjud uslublardan birini qo‘llashga majbur bo‘ldik.

Aeroportning bojxona xizmatiga Rossiyadan O‘zbekistonga borishni reja qilayotgan mehnat muhojirlaridan biri bo‘lib bog‘langan edik, bojxona xodimi nafaqat ma‘lumot berdi, hattoki qo‘shimcha ma‘lumot uchun uchrashimiz kerak bo‘lgan yana bir manzilni ham tavsiya qildi.

Ozodlik: Men bitta tanishimizdan eshitdimda. Noutbuk, mobil telefon bilan borgan ekan. Noutbugini rosa tekshirish bo‘libdi u yerda.

- Tekshiradida konechno. Prosto tekshiramiz, bo‘ldi. Pornografiya bo‘lmasligi kerak, diniy adabiyot bo‘lmasligi kerak. Normalniy to‘ppa-to‘g‘ri narsalar bo‘lsa, bemalol olib kirib olib chiqavyeradi. Hech kim taqiqlay olmaydi ham, taqiqlagani ham yo‘q.

Ozodlik: O‘zbekistonda ochilmaydigan vyebsaytlar ham bo‘ladiyu diniy. Masalan quron.com. Shunaqa saytlarga kirgan ekan. Keyin maxsus programma o‘rnatildi va o‘sha programma bilan qaysi vyebsaytlarga kirganim, qachon kirganim hammasini tekshirib, keyin kompyuterlarimni qaytarib berishmadi, dedi.

- Familiyasi bormi o‘sha odamning?

Ozodlik: Men familiyasini ayta olmaymanda. U kishiga muammo bo‘lib qolsachi?

- Lojniy informatsiya berib xalq orasida nima qilsa endi.

Ozodlik: O‘shaning anig‘ini bilaylik deb telefon qilayapmanda. Masalan Qur‘on bo‘lsa noutbukda yoki mobil telefonda. Keyin o‘zimizning bir-ikkita o‘zbekcha vyebsaytlar ham borku. Lekin ularning ko‘pi O‘zbekistonda ochilmaydi. Masalan Ozodlik radiosi degan radio bor. O‘zbekiston bilan qiziq narsalarni beradi. Ozodlikning vyebsaytiga ham kirgan ekan. Mumkin emasmi ularga kirish?

- Kirsa kiradi, lekin harakatlariga javob beradida noqonuniy harakat qilsa.

Ozodlik: Qanaqa masalan? Qaysi harakati noqonuniy hisoblanishini bilmoqchiman.

- Raz olib qo‘ygan bo‘lsa, uje problema bo‘ldida u odamga.

Ozodlik: Olib qo‘yibdimishda. Endi u kishi qaytarib ololmayapti emish. Qattiq tekshirishayapti deyaptida.

- Qattiq tekshiramizda. Majburiyatimiz tekshirish. To‘g‘ri ma‘nodagi narsa bo‘lsa, hech kimning e‘tirozi ham yo‘q.

Ozodlik: Noutbukda nimalar bo‘lmasligi kerak? O‘sha haqda aytib qo‘ying. Quron.comdan Qur‘onni skachat qilib olamiz ko‘pincha.

- Bizga zapreshen narsalarni olib kirmaslik kerak bo‘ldi. Qur‘on bo‘lsa, hech kim taqiqlay olmaydi Qur‘onni.

Ozodlik: Audioda yozilgan bo‘lsa, bemalol kirsa bo‘lavyeradimi?

- Bo‘lavyeradi. Tekshirib chiqarib yuborilavyeradi.

Ozodlik: Noutbukning miyasini top-toza qilish kerakmi borish uchun?

- Kerak bo‘lsa, ko‘tariladi u narsa. Xotirasi tiklanadi. To‘g‘rima to‘g‘ri narsalaringiz bo‘lsa, ...

Ozodlik: Qayerdan bilsa bo‘ladi to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini?

- Farg‘ona univyersitetini bilasizmi?

Ozodlik: Ha, bilaman.

- Rektoratda rektor bor. O‘shanga uchrasangiz, perechenni beradi sizga.

Ozodlik: Nimalar bor nimalar yo‘qligining ro‘yxati borda-a?

- Ha.

Ozodlik: Telefondachi? Telefonda nimaga ehtiyot bo‘lishimiz kerak?

- Telefon nositel informatsii hisoblanadi. Videorolik bo‘lishi mumiin, audiorolik bo‘lishi mumkin. Kelsangiz, mana bu yerda men sizga tushuntiraman. Hozir ko‘p telefonni band qila olmayman. O‘sha rektoratga boring Rahmatjonga uchranglar, deya o‘z so‘ziga yakun yaasadi Farg‘ona aeroportining Bojxona nazorati qismida telefon go‘shagini ko‘targan va o‘zini tanishtirmagan xodim.

Yana bir bor eslatamiz, rasman qilgan murojaatlarimizga javob ololmaganimiz bois, bojxona xizmatiga Rossiyada yurgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlaridan biri sifatida telefon qilishga majbur bo‘ldik va eshitganingiz javoblarni oldik.

Ma‘lum bo‘ldiki, haqiqatda ham shu kunlarda bu aeroportda axborot tashuvchi texnik vositalar qattiq nazorat qilinmoqda va taqiqlangan ma‘lumotlar sirasini bilish uchun istovchilar Farg‘ona davlat univyersiteti rektoratiga uchrashishi mumkin ekan.

Biz esa bu ro‘yxatni ham olishga urinishda davom etamiz, demakki mavzuga yana qaytamiz.
XS
SM
MD
LG