Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:12

Bishkekda muxolifatchi himoyasiga o‘tgan mitingda 105 norozi qamoqqa olindi (VIDEO)


Bishkek shahar Birinchi may tuman sudi 26 mart kuni muxolifatchi Sadir Japarovning qamoqqa olinishiga qarshi namoyish paytida qo‘lga olingan 105 odamning 64 nafarini ikki kundan besh kungacha qamoq jazosiga hukm qildi, 12 nafariga jarima soldi, 2 namoyshchi ogohlantirildi. Qo‘lga olinganlarning qolganlari militsiyada o‘tkazilgan profilaktik suhbatdan so‘ng ozod etildi.

Бишкекда норозилар ва милиция ўртасидаги тўқнашув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:18 0:00

Sadir Japarov 25 mart kuni xorijdan Bishkekka qaytayotganida qozoq-qirg‘iz chegarasida qo‘lga olingan edi.

- Sadir Japarov 2017 yilning 25 martida Jinoyat kodeksining 227, 341, 113 ,234-moddalari bilan inson hayotiga tahdid qilish, garovga olish, bezorilik va hokimiyat vakiliga kuch ishlatish bo‘yicha ayblanib milliy xavfsizlik xizmatiga olib kelindi. 26 mart kuni Sadir Japarovga nisbatan sud tergov yakunlanguniga qadar qamoqda saqlash ehtiyot chorasini qo‘llash haqida qaror chiqardi, -dedi Milliy xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Raxat Sulaymanov.

Sadir Japarovning qo‘lga olinishidan norozilik bildirgan yuzlab odamlar 25 mart kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi oldiga yig‘ilgan. Bu erda namoyshchilar va militsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga keldi. Xabarlarga qaraganda, to‘qnashuvda 5 militsiya xodimi jarohatlangan.

Bishkekdagi Tramvatalogiya va ortopediya markazi bosh shifokori Almazbek Kubatbekov to‘qnashuv paytida jarohatlangan norozilarga ham birinchi yordam ko‘rsatilganini Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga ma’lum qildi.

- Bizga turli jarohatlar olgan 6-7 kishi murojaat qildi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng ular uylariga ketgan. Hozir kasalxonamizda mitingchilar yo‘q, -dedi shifokor.

Miting paytidagi to‘qnashuvlarda bir avtobusning oynalari sindirilgan. Huquq faollari militsiya mitingchilarni qo‘lga olish paytida kaltaklaganini bildirmoqda.

2012 yilda Qumtor oltin konini milliylashtirish talabi bilan o‘tkazilgan mitingdan so‘ng Sadir Japarov muxolifatchilar Qamchibek Tashiev va Talant Mamitov bilan hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilganlikda ayblanib bir yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Qamoqdan chiqqach, Sadir Japarov horij davlatlaridan birida uch yil mobaynida yashab keldi.

Unga nisbatan yangi ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha, Japarov 2013 yil 7 oktyabrda Qorako‘l shahrida o‘tgan mitingda Issiqko‘l viloyatining o‘sha paytdagi hokimi Emil Qaptagaevni garovga olganlikda ayblanoqda. Biroq Emil Qaptagaev qirg‘iz matbuotiga Sadir Japarov ustidan huquq-tartibot tuzilmalariga hech qanday ariza yozmaganini ma’lum qildi.

Avvalroq muxolifatdagi “Ata Meken” partiyasi lideri O‘murbek Tekebaev 27 fevralь kuni Turkiyadan Bishkekka uchib kelganida aeroportda qo‘lga olingan edi. Muxolifat vakillariga ko‘ra, Tekebaev prezident Atambaev va uning yaqinlarini korruptsiyaviy qilmishlarini fosh etishga harakat qilgani uchun qamoqqa olingan.Biroq Qirg‘iziston hukumati tekebaevni korruptsiya va tovlamachilikda ayblamoqda.

Tekebaevning qamoqqa olinishi tortidan Bishkekda bir necha kun mobaynida bir necha yuz kishilik norozilik namoyshlari o‘tgan edi.

XS
SM
MD
LG