Линклар

Farg‘ona vodiysida chorshanbaga o‘tar kechasi ro‘y bergan zilzilada qurbonlar bo‘lgani aytilmoqda.

Rishtonlik huquq faoli Bahodir Eliboyev tuman markaziy shifoxonasidan olingan ma‘lumotga tayanib, birgina Rishton tumanida zilzila qurbonlari soni kamida 5 kishi ekanini ma‘lum qildi. Uning aytishicha, shifoxonaga 40 qa yaqin jarohatlanganlar olib kelingan.

Farg‘ona viloyat vafqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchisi Ozodlik bilan suhbatda qurbonlar haqidagi ma‘lumotni inkor qildi, lekin turar joy va boshqa binolarga zarar yetganini ma‘lum qildi.

Ayni paytda Farg‘ona viloyati sud-tibbiy ekspertiza xizmatidagi manba, kechasi Farg‘ona tumani va viloyatning boshqa tog‘li mintaqalaridan bir necha kishining jasadi o‘likxonaga olib kelinganini ma‘lum qildi. Talafotlar haqidagi xabarni Farg‘onadagi mahalla qo‘mitasi faollaridan biri ham tasdiqladi.

Farg‘ona shahri ahli zilziladan keyin sarosimaga tushib, tunni ko‘chada o‘tkazgani ham aytilmoqda. Farg‘onalikliklardan birining aytishicha, kuchli zilzila kamida 10-12 sekund davom etib turgan.

AQSh Geologiya xizmatining bildirishicha, vodiyda yuz bergan zilzila epitsentri Farg‘ona shahridan 40 kilometrcha janub-g‘arbda joylashgan va 6,2 ballik silkinishni epitsentrdan ancha uzoqdagi shahar va rayonlar aholisi ham his qilgan.

20 iyul tongda Ozodlik qirg‘iz xizmati bog‘langan Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi¸ zilzila kuchining AQSh da qayd qilinganidan kuchliroq, 7-8 ball atrofida bo‘lganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG