Линклар

Bugun fashistlar Germaniyasining sobiq Sovet Ittifoqi hududiga bostirib kirganiga roppa-rosa 70 yil to'ldi. 1941 yil 22 iyun kuni Moskva vaqti bilan soat ertalabki to'rtda Hitler boshchiligadi Germaniya armiyasi Sovet Ittifoqining g'arbiy chegaralarini yorib kirgan edi.

Bu urushga nisbatan biroz mafkuraviy va siyosiy kelishmovchiliklari borligiga qaramasdan, O'zbekiston 1991 yilchaga Ulug' Vatan urushi deya nomlab kelgan Ikkinchi jahon urushi qurbonlarini har yil xotirlab keladi.

Bu yil ham 9 may - Xotirlash va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston hukumati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 300 ming so'mdan pul ajratdi. O'zbekistondagi "Nuroniy" jamg'armasi esa urush qatnashchilariga sovg'alar tarqatdi.

Sovet Ittifoqi hududiga bostirib kirgan fashistlar Germaniyasi Ittifoq kuchlari birligida 1418 kun ichida -1945 yil 9 may kuni yo'q qilingan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, urush qariyb 27 million Ittifoq ahlining yostig'ini quritdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonga Moskva¸ Leningrad kabi shaharlardan ayollar¸ bolalar va ziyolilar evakuatsiya qilingan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG