Линклар

Poraxo'rlikda ayblanayotgan FIFA prezidentligiga nomzod saylovda qatnashmaydi


FIFA prezidenligiga asosiy nomzodlar Muhammad bin Hammom (chapda) va Zepp Blatter.

FIFA prezidenligiga asosiy nomzodlar Muhammad bin Hammom (chapda) va Zepp Blatter.

Xalqaro Futbol Federatsiyasida (FIFA) tashkilotning prezidenti saylovi oldidan ehtiroslar junbushga kelmoqda.

Ovoz beruvchi taraflarga pora taklif etganlikda ayblanayotgan qatarlik Muhammad bin Hammam FIFA prezidentligiga qo'ygan nomzodini qaytarib olishga qaror qildi.

Eslatamiz, FIFA devorlari ichidagi poraxo'rlik haqidagi gumonlar tashkiloting barcha yirik yetakchilariga tegishli edi. Biroq federatsiyasining etika masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tashkilot rahbari Zepp Blatterning pora olgani bilan bog‘liq janjal yuzasidan tekshiruv o‘tkazmaslikka qaror qilgan. Lein federatsiya ijroiya qo‘mitasining ikki a‘zosi Muhammad bin Hammom (nomzod) va Jek Uornerni har qanday rasmiy faoliyatdan vaqtincha chetlashtirgan.

FIFA rahbarligiga asosiy da‘vogarlardan bo‘lgan qatarlik Muhammad bin Hammom o‘z nomzodining qo‘llab-quvvatlashlari uchun ayrim davlat vakillariga pora taklif etganlikda gumonlanmoqda.

Pora taklif etganlik haqidagi gumonlar sabab Muhammad bin Hammam FIFA prezidentligiga qo'ygan nomzodini qaytarib olishga qaror qildi. Shunday qilib, prezidentlikka asosiy nomzod, tashkilotining amaldagi rahbari shvyeysariyalik Zepp Blatterdir.

Agar Blatter nomzodi ma‘qullansa, u FIFAga yana to‘rt yil rahbarlik qiladi.
XS
SM
MD
LG