Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:50

FIFA reytingida O'zbekiston olti pog'ona pastladi


FIFA tashkilotining kecha e'lon qilgan futbol bo'yicha milliy terma jamoalar reytingida O'zbekiston termasi olti pog'ona pastga tushib ketdi.

Joriy yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining kuchli to'rtligiga kirgan O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 77-chi o'rinda kelayotgan edi. 25 mart kuni Chernogoriya termasiga qarshi o'tkazga o'rtoqlish uchrashuvidagi mag'lubiyat O'zbekiston terma jamoasini olti pog'ona pastga - 83-chi or'inga siljitdi.

Ispaniya reytingdagi birinchi o'rinni saqlab qoldi. Gollandiya ikkinchi o'rinda. Braziliyaga esa uchinchi o'rin nasib etdi.

Mintaqa mamalakatlari orasida O'zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga birinchi yuztalikga kirish nasib etmadi - Tojikiston 134, Turkmaniston 139, Qozog'iston 140, Qirg'iziston esa 160-chi o'rinda.
XS
SM
MD
LG