Линклар

logo-print
Fond Forum (O‘zbekiston Madaniyati va san‘ati forumi jamg‘armasi) taklifiga binoan Parijdagi Luvr muzeyi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.

Uzreport.com saytiga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Luvr muzeyi direktori Anri Loyrett bilan Fond Forum raxbariyati fan, madaniyat va san‘at sohalarida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarni muhokama qilishgan.

Fond Forum bilan Luvr muzeyi o‘rtasida Hamkorlik memorandumini imzolash, kelgusida Luvr muzeyida o‘zbek san‘ati ko‘rgazmalari, O‘zbekistonda esa Luvr ekspozitsiyasilarini tashkil etishga kelishib olingan.

Dunyodagi eng yirik muzeylardan biri bo‘lgan Luvrda Kapetinglar sulolasidan bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng sara tasviriy va san‘at asarlari to‘plangan.

O‘zbekiston Madaniyati va san‘ati forumi jamg‘armasini O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi va Ispaniya hamda BMTdagi elchisi Gulnora Karimova nazorat qiladi.
XS
SM
MD
LG