Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama Amerika harbiylarini Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqish rejasini e‘lon qilishi ortidan Fransiya ham bu mamlakatdagi harbiylarini olib chiqajagini e‘lon qildi.

Aytilishicha, Fransiyaning Afg‘onistondagi 4 ming nafar harbiy xizmatchisi AQSh harbiylari bilan bir xil tartibda olib chiqiladi. Bu haqda prezident Sarkozi bayonot berdi.

Joriy yil oxirigacha AQSh Afg‘onistondan 10 ming nafar, 2012 yilning yozigacha 33 ming harbiy xizmatchisini olib chiqadi.

AQSh prezidentiga ko‘ra, AQSh harbiylari 2014 yilgacha Afg‘onistonni bosqichma-bosqich to‘la tark etadi va mamlakat xavfsizligi ustidan nazorat to‘laligicha Afg‘oniston hukumatiga topshiriladi.

Obamaning aytishicha, Vashington Afg‘onistonda milliy yarashuv yo‘lida boshlnadigan har qanday tashabbusda faol ishtirok etishda davom qiladi.

Prezident Karzay AQSh rahbari rejasini olqishladi.

Shu kunda Afg‘onistonda xalqaro kuchlarning 130 ming, shu jumladan AQShning 100 ming nafar atrofida harbiy xizmatchisi mavjud.
XS
SM
MD
LG