Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:19

Fransiyada hijobga qarshi qonun kuchga kirdi


11 aprel kuni Fransiyada hijobga qarshi qonun kuchga kirdi. Qonun jamoat joylarida, xususan ma‘muriy idoralar, transport maktab va tibbiy maskanlar, pochta va plyajda aëllarning hijobda yurishini taqiqlaydi.

Qonun 2010 yil 12 oktabrda ba‘zi o‘zgartirishlar bilan qabul qilingan edi. Dushanbadan boshlab xijob, niqob ëki burqada jamoat joyida yurgan aëllar 150 yevro jarimaga tortiladi. Sud qaroriga ko‘ra jarima fuqaroning jamiyatda o‘zini tutish me‘ërlari haqidagi leksiya tinglash bilan almashtirilishi mumkin.

Aëllarni hijob kiyishga majburlagan shaxslar 30 ming yevro jarimaga tortiladi. Fransiyadagi musulmon jamoalari bu qonunga qarshi 9 aprel kuni norozilik tadbiri o‘tkazishdi.
XS
SM
MD
LG