Линклар

Fukusimada plutoniy konteynerlari shikast yegani tan olindi

Japan -- Self-Defence Force officers in radiation protection suits hold a blue sheet over patients who were exposed high levels of radiation at the the Fukushima nuclear power plant as they are transferred to a hospital in Fukushima, 25Mar2011

Yaponiyada zilziladan shikastlangan Fukusim AESi operatori inshootdagi eng xavfli bo‘lgan radioaktiv sterjenlar saqlanadigan konteynerga zarar yetgan bo‘lishi mumkin, deya ma‘lum qildi.

Plutoniy sterjenlari saqlanadigan konteyner shikastlangani ehtimoli Yaponiya hukumati inshootni ta‘mirlash ishlarini olib borgan mutaxassislar normadan 10 ming barobar ko‘proq radiatsiyadan zararlanganini e‘lon qilgach, tan olindi.

Rasmiylar shu paytgacha, reaktordagi portlashlar konteynerlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganini aytib kelishigan edi. Lekin hozir katta midorda radioaktiv moddalarning sizib chiqishi konteynerlar jiddiy shikast yeganiga ishora qilmoqda.
XS
SM
MD
LG