Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:50

Futbol: FIFA reytingida bir pog'ona yuqoriladik


FIFA reytingining bugungi ko'rinishi.
FIFA reytingining bugungi ko'rinishi.
FIFA tashkilotining kecha e'lon qilgan futbol bo'yicha dunyo bo'ylab milliy terma jamoalar reytingida O'zbekiston termasi bir pog'ona yuqoriga - 82-o'ringa ko'tarildi.

Iyun o'yinda 86, iyul oyida 83-o'rinda kelgan O'zbekiston terma jamoasining bir pog'ona yuksalishiga iyul oyida Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'tkazilgan uchrashuvlar natijasi sabab bo'ldi. Eslatamiz, 23 iyul kuni Toshkentda, 28 iyul kuni esa Bishkekda o'tgan o'yinlarda O'zbekiston 4:0 va 3:0 hisoblari bilan g'alaba qozongan edi.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida Gollandiya, Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o'rin olgan.

O'zbekistonning FIFA raitinggida egallagan eng yuqori pog'onasi 2006 noyabr oyiga to'g'ri keladi. O'shanda terma jamoamiz jahon reytingi bo'yicha 45-o'rinni olgan edi. Eng past pog'onani esas (119-o'rin) O'zbekiston 1996 yilning noyabr oyida egallagan edi.

Osiyo zonasida esa O'zbekiston 6-o'rinda. Birinchi beshtalikga Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron va Xitoy terma jamoalari kirgan.

Mintaqa mamalakatlari orasida O'zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga birinchi yuztalikga kirish nasib etmadi - Qozog'iston 126, Turkmaniston 142, Tojikiston 153, Qirg'iziston esa 177-chi o'rinda.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi. Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionati saralash o'yinlarining uchinchi bosqichi doirasida 2-sentabr kuni Dushanbeda Tojikiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Terma jamoamizga ushbu uchrashuvda g'alaba qozonib, FIFA reytingida yanada yuqori pog'onalarga ko'tarilishiga tilakdoshmiz.
XS
SM
MD
LG