Линклар

logo-print
Ukraina poytaxti Kiyev shahrida o'tayotgan Valeriy Lobanovskiy xotira turnirida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Serbiya ustidan 2:0 hisobi bilan g'alaba qozonib, finalga yo'llanma oldi.

Kiyevning "Dinamo" stadionida o'tgan o'yinning birinchi yarimida hisob ochilmadi. O'yinning ikkinchi yarmining dastlabki daqiqalarida O'zbekiston jamoasida qilingan o'zgarish ko'p o'tmasdan o'z natijasini berdi. Ikkinchi taymda zahiradan maydonda tushgan Sherzod Karimov va Vladimir Kozak o'yinning 56 va 60-daqiqalarida raqib darvozasini ketma-ket ishg'ol qilishdi.

Final o'yinida olimpiyachilarimiz Isroil terma jamoasi ustidan 3:0 hisobi bilan g'alaba qozongan Ukraina termasiga qarshi maydonga chiqadi. Eslatamiz, har yili o'tkaziladigan Lobanovskiy xotira turnirida to'rt jamoa qatnashadi. Bu yilgi turnirda O'zbekiston, Isroil, Ukraina va Serbiyadan kelgan 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar jamoari bellashishmoqda.

O'zbekiston va Ukraina o'rtasidagi final o'yini bugun, 10 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Valeriy Lobanovskiy nomidagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tadi.

Bilmasvoylarga:
Valeriy Vasilyevich Lobanovskiy (1939-2002) ukrainalik mashhur sportchi va murabbiy. U Kiyevning "Dinamo" futbol klubi, futbol bo'yicha Sovet Ittifoqi va Ukraina terma jamoalaridagi murabbiylik faoliyati bilan tanilgan.
XS
SM
MD
LG