Линклар

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida bo'lib o'tgan Lobanovskiy xotira turnirida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi go'lib bo'ldi. Turnir finalida olimpiyachilarimiz Ukraina yoshlari termasini 7:8 penaltilar hisobi bo'yicha mag'lubiyatga uchratdi.

O'yinning asosiy vaqti ikki komandaning shiddatli hujumlarga va havfli vaziyatlarga boy bo'lgan bo'lsada, hisob ochilmadi. Asosiy vaqt tugagandan so'ng, qo'shimcha bo'limlar belgilanmasdan, o'n bir metrlik penaltilar ijrosi boshlandi.

Olimpiyachilarimiz penalti tepish bo'yicha mezbonlarga maydonda kim xo'jayin ekanini ko'rsatib qo'yishdi. Hayajonli daqiqalarda sovuqqonlik bilan berilgan zarbalar seriyasi 7:8 hisobi bilan O'zbekiston foydasiga yakunlandi.



O'zbekiston va Ukraina o'rtasidagi final o'yini 10 avgust kuni Valeriy Lobanovskiy nomidagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tdi.

Eslatamiz, har yili o'tkaziladigan Lobanovskiy xotira turnirida to'rt jamoa qatnashadi. Bu yilgi turnirda O'zbekiston, Isroil, Ukraina va Serbiyadan kelgan 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar jamoalari bellashishdi.

Bilmasvoylarga:
Valeriy Vasilyevich Lobanovskiy (1939-2002) ukrainalik mashhur sportchi va murabbiy. U Kiyevning "Dinamo" futbol klubi, futbol bo'yicha Sovet Ittifoqi va Ukraina terma jamoalaridagi murabbiylik faoliyati bilan tanilgan.
XS
SM
MD
LG