Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:19

Futbol: O'zbekiston Oliy Ligasida nima gap?


Oliy liganing 7-chi tur o'yinlari o'z yakuniga yetdi. Ligada birinchilikni saqlab kelayotgan "Nasaf" jamoasi "Buxoro" bilan durang o'ynab, "Andijon"ga qarshi o'yinda 3 ochko olgan "Bunyodkor" jamoasiga birinchi o'rinni bo'shatib berdi.

7-tur "syurpriz"larsiz bo'lmadi. Muborakning "Mash'al" klubi o'z uyida musobaqa jdavalida peshaqamlar safida borayotgan Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qilib, toshkentliklarni 1:0 hisobi bilan mag'lub etdi. Bu o'yinda rossiyalik legioner Andrey Xodikin mahorat ko'rsatdi. Birinchi goli hakam tarafidan inobatga olinmagan bo'lsa-da, tinib-tinchimas Xodikin baribir raqib darvozasini birinchi bo'limning 21-chi daqiqasida ishg'ol etdi.

Shunday qilib, Oliy Liga 7-tur o'yinlaridan so'ng birinchida "Bunyodkor", ikkinchi o'rinda "Nasaf", uchinchida esa "Paxtakor" kelmoqda.

Oliy liga 7-tur o'yinlari natijalari:

22 aprel
Sho'rtan - Dinamo 2:0
Gollar: Vadim Afonin '58, Shahboz Erkinov '61

Buxoro - Nasaf 1:1
Gollar: Roman Romanchuk '78 (Bux.), Ilhom Yunusov '82 (Nas.)

23 aprel
So'g'diyona - Neftchi 0:2
Gollar: Baxtiyor Yoqubov '70, Sherzod Hakimov '82

Navbahor - Olmaliq 0:1
Gol: Zohir Pirimov '80

Metallurg - Qizilqum 3:1
Gollar: Mirg'iyos Sulaymonov '19 (Qiz.), Shuhrat Yo'ldoshev '4 (pen.), Zohid Abdullayev '32, Ilyos Qurbonov '83

24 aprel
Mash'al - Paxtakor 0:1
Gol: Andrey Xodikin '21

25 aprel
Bunyodkor - Andijon 3:1
Gollar: Anvar Rajabov '19, Milosh Trifunovich '38, '52, Lochin Soliev (And.) '83 (pen.)

Oliy Liganing 7-turdan so'ngi ko'rinishi:

Jamoalaro'yinochko
1Bunyodkor719
2Nasaf717
3Paxtakor716
4Buxoro712
5Mash'al712
6Navbahor79
7Metallurg79
8Andijon78
9Olmaliq78
10Neftchi78
11Qizilqum76
12Sho'rtan75
13Dinamo74
14So'g'diyona73
XS
SM
MD
LG