Линклар

Germaniya Liviya isyonchilarini 13 iyun kuni rasman tan oldi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Guido Vyestervyelle partizan rahbarlari bilan ularning poytaxti hisoblangan Beng‘ozi shahrida uchrashganidan keyin Germaniya Liviyadagi Milliy o‘tish davri kengashini Liviya xalqining “yagona qonuniy vakili sifatida” tan olishini aytdi.

Germaniya Milliy o‘tish davri kengashini Liviya xalqining “yagona qonuniy vakili sifatida” tan olgan 13-davlat bo‘ldi.

53 davlat a‘zo bo‘lgan Afrika Ittifoq tashkilotining Efiopiya poytaxti Adis Ababa shahrida o‘tayotgan yig‘ilishida dushanba kuni chiqish qilgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Afrika rahbarlarini Muammar Qaddafiydan yuz o‘girishga chaqirdi.
XS
SM
MD
LG