Germaniyada iqtidorda bo‘lgan o‘ng-markaz koalitsiya 2022 yilga qadar mamlakatda bo‘lgan barcha atom stansiyalarni yopish to‘g‘risidagi rejani ma‘qulladi.
Keyingi 10 yillar davomida Germaniyada xavfsizligi bois yopilishi so‘ralayotgan yadroviy inshootlar to‘g‘risidagi munozaralarga mart oyida Yaponiyada sodir bo‘lgan tabiiy ofat tufayli yuzaga chiqqan Fukusima-Dayichi atom stansiyasi fojeasi nuqta qo‘ydi.
Bu qarori bilan Germaniya yadroviy energiyadan voz kechgan ilk qudratli davlat bo‘ldi.
Germaniyaning atof-muhit masalalariga mas‘ul vaziri Norbert Royettgenga ko‘ra, 2021 yilga borib hozir ishlab turgan 6 ta, 2022 yilga borib esa so‘nggi 3 ta reaktor yopiladi. Yaponiyadagi tabiiy ofatdan odin va keyin yopilgan 8 ta reaktor esa qayta ishga solinmaydi.
Hozir Germaniya energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 20 foizini atom stansiyalar hisobiga qondirmoqda. Stansiyalarni yopishga qaratilgan rejaga muvofiq hozir energiyani ko‘proq zahira qilish va 2022 yilga qadar energiya olishning muqobil yo‘llarini ishga solishni ko‘zda tutilmoqda.