Линклар

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Germaniya parlamenti Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi a‘zolarining Toshkentga rejalangan safari amalga oshmasligini ma‘lum qildi.

EurasianTransition nashriga tayanib berilayotgan xabarlarga ko‘ra, nemis deputatlarining shu yil noyabrga belgilangan safari O‘zbekiston parlamenti har ikki palatasining o‘ta bandligi sababi bilan rad qilingan.

Germaniya hukumati bu borada hozircha biror rasman ma‘lumot bergani yo‘q.

Ammo, buni tasdiqlagan Germaniya Yashillar partiyasi a‘zosi hamda parlamentning inson huquqlari masalalari bo‘yicha matbuot vakili Folker Bekka ko‘ra, shu yil avvalida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norovning Germaniyaga safari chog‘idagi muhokamalarda inson huquqlari masalaning keskin ko‘tarilgani va shuningdek, Berlinda o‘tgan siyosiy aksiyalar Toshkent rahbariyatini ranjitgan bo‘lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG