Линклар

logo-print

Germaniyada O‘IH ga aloqadorlikda gumonlangan ikki shaxs qo‘lga olindi


Usmon Odil O'zbekiston islomiy harakatining yangi yetakchisi.

Usmon Odil O'zbekiston islomiy harakatining yangi yetakchisi.

Germaniya prokurorlari O‘zbekiston islomiy harakatiga aloqadorlikda gumonlangan ikki germaniyalik hibsga olinganini bildirdi.

Nemis prokurorlariga ko‘ra, ulardan biri 24 yashar K.Umar (Omer C), ikkinchisi 28 yashar K. To‘rg‘ay (Turgay C) seshanba kuni qo‘lga olingan.

Prokuratura idorasi chorshanba kuni e‘lon qilgan bayonotda 2009 yil sentabrida O‘zbekiston islomiy harakatiga a‘zo bo‘lgani taxmin qilinayotgan Umarning terrorchilik lagerida tayyorgarlikdan o‘tgani bildirilgan.

Assosieyted press axborot agentligining bildirishicha, Umar 2010 yil sentabr oyida Germaniyaga qaytguniga qadar terror amaliyotlarida qatnashgan.

To‘rg‘ay esa Afg‘onistondagi Germaniya harbiylariga hujumlar uyushtirgan O‘zbekiston islomiy harakatini moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaganlikda gumonlanmoqda.

Germaniya prokuraturasiga ko‘ra, To‘rg‘ay O‘zbekiston islomiy harakatiga 39 ming yevro (53,550 AQSh dollari) miqdorida mablag‘ o‘tkazgan.

Ayni paytda prokuratura Germaniya politsiyasining yana to‘rt nafar ayni guruhga aloqadorlikda gumonlanayotgan shaxs uyida tintuv o‘tkazilganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG