Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:39

Geyts Liviya uchun pulni tejamaslikga chaqirdi


AQSh mudofaa vaziri Robert Geyts Kongressni Liviyada Muammar Qaddafiy rejimiga qarshi xalqaro amaliyotlarda AQShning ishtirokini moliyalashtirishni qisqartirmaslikga chaqirdi.

Yakshanba kuni bergan teleintervyusida Geyts Qaddafiyning harbiy va ma‘muriy ob‘ektlariga zarbalar berayotgan NATO kuchlari amaliyotlari muvaffaqiyat bilan yakunlanishiga ishonch bildirdi.

Geytsning chiqishi arafasida AQSh Kongressining ba‘zi a‘zolari prezident Obamaning Kongress roziligisiz Liviyada harbiy kuch ishlatish huquqi borligiga shubha bildirgan edi.

Namoyondalar palatasi voizi, respublikachi Jon Beyner prezidentga bosim o‘tkazish vositasi o‘laroq Kongress Liviyadagi amaliyotlar uchun ajratiladigan mablag‘ni qisqartirishi mumkinligi to‘g‘risida bayonot bergan edi.
XS
SM
MD
LG