Joriy hafta “Toshkent-Moskva” poezdida Qozog‘iston orqali Orenburgga borgan buxorolik mehnat muhojiri Anvar Sariog‘och chegara postida qozoq militsiyasi, bojxonachilari va chegarachilari o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni tahqirlab pulini olayotganini, pul bermaganlarni esa poezddan tushirib qoldirayotganini hikoya qildi.
Ozodlik mikrofoniga gapirgan Anvar Qozog‘iston orqali Rossiyaga mehnat muhojiratiga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun jiddiy muammoga aylangan bu bedodlikning o‘zbek-qozoq prezidentlari uchrashuvida tilga olinganiga umid qildi.