Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:21

G‘ofur Rahimov OOK vitse-prezidentligiga qayta saylandi


Bu G‘ofur Rahimovning Osiyo Olimpiya kengashi rahbar muovini vazifasiga to‘rtinchi bor saylanishidir.

14 iyul kuni Tokioda o‘tgan Osiyo Olimpiya kengashi bosh assambleyasi kun tartibida, ma‘lumotlarga ko‘ra, tashkilot ijroiya qo‘mitasi a‘zolari hisoboti eshitilishi bilan bir qatorda OOK rahbariyatini saylash masalasi ham bo‘lgan. Pirovardida Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti lavozimiga amaldagi quvaytlik prezident Shayx Ahmad Al Fahad As Saboh bir ovozdan saylangan.
Shuningdek, majlisda o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov ham yana to‘rt yilga Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti lavozimiga saylangani aytilmoqda.
Gazeta.uz saytining yozishicha, kengash rahbariyati Rahimovning OOK vitse-prezidenti lavozimidagi faoliyatini, xususan, 2011 yil boshida Qozog‘istonda Qishki Osiyo o‘yinlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga qo‘shgan hissasini yuqori baholagan.
OOKdagi rahbarlik lavozimiga to‘rtinchi marotaba saylanayotgan G‘ofur Rahimov o‘tgan yil kuzida Olmaotada Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib ham saylangandi. Ayni paytda u Xalqaro boks federatsiyasining vitse-prezidenti ham bo‘lib hisoblanadi.
O‘tgan asrning 80-90-yillarida O‘zbekistonda taniqli “kriminal avtoritet”lardan biri bo‘lib hisoblangan G‘ofur Rahimov, ayrim ommaviy axborot vositalari ma‘lumotlarga ko‘ra, keyinchalik jinoyat olamidan yiroqlashib, legal tadbirkorlik bilan shug‘ullana boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2007 yil bo‘yicha madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlar uchun O‘zbekiston madaniyat va sport vazirligi tomonidan mukofotlanganlar orasida mamlakat prezidentining qizlari Gulnora va Lola Karimova bilan bir qatorda G‘ofur Rahimov hamda O‘zbekistondagi yana bir “kriminal avtoritet” Salim Abduvaliyevlar bor edi. O‘shanda G‘ofur Rahimov “Sportning xalqaro miqyosdagi faol targ‘ibotchisi” o‘laroq taqdirlangandi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi saytidagi ma‘lumotlariga ko‘ra, G‘ofur Rahimov va Salim Abduvaliyev hozir ham MOQ vitse-prezidentlari bo‘lib hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG