Линклар

logo-print
29 mart kuni Google shirkati "Google Talk Guru" nomli chat-robotni ishga tushirganligini e'lon qilib, millionlagan Gmail elektron pochtasi foydalanuvchilarini yana bir "jajjigina" yangilik bilan hursand qildi.

"Google Talk Guru" roboti Gmail elektron manzilining chat-bo'limida joylashgan bo'lib, foydalanuvchini qiziqtirgan mavzular bo'yicha ma'lumot berib turadi. Qisqacha qilib aykanda, chat-robot shaxsiy kotiblik vazifasini bajaradi. Albatta, ayni damda robotning "bilimi" ko'p emas va u faqatgina cheklangan mavzular bo'yicha "konsultatsiya" berishi mumkin.

Chat-robotning o'z kotibligingizda olish uchun uning elektron manzilini (guru@googlelabs.com) har doimgiday Gmail chat ro'yxatiga qo'shib qo'yasiz va u "guru' nomi ostida chatda paydo bo'ladi. Shundan so'ng robotga hohlagancha savollaringizni berishingiz mumkni.

Ayni damda chat-robot "Google Talk Guru" faqat ingliz tilida va atigi 8 yo'nalish bo'yicha savollaringizga javob berishi mumkin. Ular quyidagicha:

Sport natijalari: "score jamoa nomi" (masalan "score chelsea")
Ob-havo prognozi: "weather shahar nomi" (maslan "weather Tashkent")
Hisob-kitob: "2 * 2"
Valyuta: "convert 1 USD to UZS" (milliy valyutalarning qizqartmalarini yodda tutishingiz zarur)
Ingliz tili lug'ati: "define kerakli so'z" (masalan "define word")
Tarjima: "translate kerakli so'z to kerakli til" (masalan: translate love to French)
Googleda izlash: "web kerakli so'z"
Yordam: "help translate" (yuqoridagi "buyruqlar" bo'yicha yordam)

Bularning hammasini Googlening qidiriv tizimida ham qilsa bo'ladi, albatta. Googlechilarning aytishicha, "guru" chat-roboti Internet foydalanuvchilarining vaqtini tejash uchun yaratilgan.

Siz ham Gmail pochtasidan foydalanasizmi? Unda ushbu chat-robot haqida o'z fikringizni qoldiring.
XS
SM
MD
LG