Линклар

Google kasbiy faoliyati uchun o‘ldirilgan jurnalistlarga bag‘ishlab, YouTube portalida maxsus onlayn sahifa ochdi.

"Journalists Memorial Channel" nomli bu sahifa Vashingtondagi Newseum bilan hamorlikda ochilgan bo'lib, unda halok bo‘lgan jurnalistlar haqida ma‘lumotlar va videolavhalar joylangan.

Vashingtondagi Newseum jurnalistlar memorialida dunyoning turli burchaklarida jurnalistik burchini bajarayotgan paytda halok bo‘lgan, shuningdek o‘z jurnalistik faoliyati uchun o‘ldirilgan 1800 jurnalist va fotomuxbirlar ismlari saqlanadi.

Ular orasida qirg‘izistonlik juranlist Alisher Soipov ismi ham bor. 26 yoshli Alisher Soipov 2007 yilning 24 oktabr kuni kechqurun O‘sh shahrida otib o‘ldirilgan edi.

Qirg‘iziston fuqarosi va etnik o‘zbek bo‘lgan Alisher Soipov qo‘shni - O‘zbekiston rejimining jiddiy tanqidchilaridan biri edi.

Eslatamiz, shu yilning aprel oyida Facebook itjmoiy tarmog'i ham jurnalistlar uchun maxsus sahifa ochgan edi.
XS
SM
MD
LG