Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 09:56

Google Qozog'istondan chiqib ketdi


Qozog'iston hukumati milliy domen zonasi bo'yicha chiqargan yangi qonun tufayli onlayn qidiruv giganti Google mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Endi www.google.kz saytiga kirmoqchi bo'lganlar avtomatik ravishda qozoq tilidagi www.google.com saytiga yonaltirinadilar.

Google shirkatining bayonotida aytilishicha, Qozog'siton hukumati yangi qonun bilan milliy domen, ya'ni ".kz" zonasidagi sayt egalariga o'z serverlarini Qozog'iston ichida saqlash kerakligi haqida talab qo'ygan.

.kz zonasidagi domenlar serverlarini Qozog'iston ichida o'rnatilishi haqida malakatning Aloqa va axborot vaziligi chiqargan buyrug'ida aytiladi. Vazirlikning aytishicha, bu qaror Qo'zog'iston Internetini rivojlanishiga qaratilgan.

Google vakillariga ko'ra, Internetdagi global shirkat bu kabi talabga rozi bo'la o'lmaydi. Agar Google ushbu buyruqga bo'y sunsa, Qozog'iston ichidagi Internet qidiruv talablari faqat mamalakat ichidagi serverlarga jo'natiladi. Bu esa, o'z o'rnida, qozog'istonlik Internet foydalanuvchilariga bir qator qiyinchiliklar tug'diradi. Ayni damda Google shirkati qaysi domen zonasida bo'lmasin qidiruv talablarini eng oson va qulay yo'nalish orqali bajaradi.

Qozog'istonning ushbu yangi qonunini qoralar ekan, Google bosh vitse-prezidenti Bill Kugran rasmiy Ostonani Internetda chegara yaratayotganlikda aybladi.

- Ayrim hukumatlar Internetda chegaralar yarataib, bu qanchalar ularning iqtisodiga zarar yetkazishini va ularning fuqarolariga qator qiyinchiliklar tug'dirishini ohirigacha tushunishmaydi, - deydi Bill Kugran Google blogida.

Kugranning aytishicha, Qozog'iston qo'ygan talabga bo'y sunish Internet tarmog'ini darz ketishiga yordamlashishdir.

- Biz qiyin vaziyatdamiz. Internetda chegara qurish nafaqat tarmoq ichida muammolar yaratadi, balki foydalanuvchilarning maxfiylik va fikr erkinligi bo'lgan huquqini ham savol ostiga qo'yadi. Agar biz google.kz domenimizni faqat Qozog'iston ichidagi serverlar orqali ishlatsak, biz Internetning darz ketishiga ko'maklashgan bo'lamiz. Shu bois, biz google.kz saytiga kirmoqchi bo'lgan foydalanuvchilarni avtomatik ravishda google.com saytiga yo'naltirishga qaror qildik. Afsuski, bu qozog'istonlik foydalanuvchilarning onlayn qidiruvi sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki qidiruv natijalari olndingidagi kabi atayin Qozog'iston uchun moslashtirilgan bo'lmaydi.

Qozog'iston IT-shirkatlari uyushmasi Google onlayn qidiruv giganti aslida KazNIK shirkatining xatosi tufayli mamlakatdan chiqib ketganini bildirdi.

Qozog'iston IT-shirkatlari uyushmasining AdNet saytiga bergan ma'lumotida .kz domen zonasining boshqaruvchisi bo'lmish Qozog'iston Tarmoq Ma'lumotlari Markazi (KazNIK) Aloqa va Axborot vazirligi buyrug'ini noto'g'ri talqin qilganligi va vazirlik buyrug'i ro'yxatdan o'tib bo'lgan domen nomlariga tegishli emasligi aytiladi.

Lekin bu "hato"siz ham Qozog'iston hukumati allaqachon Internetni nazorat ostida ushlab turuvchi hukumatlar qatoriga qo'shilib bo'lgan. Qozog'iston ichida bir qator veb-saytlarga blok qo'yilgan va milliy nizomga asosan mamlakatdagi barcha veb-saytlar ommaviy axborot vositalariga tenglashtirilgan.

Eng qizig'i shuki, Googlening blog-platformasi blogspot.com ham Qozog'istonda blok qo'yilgan veb-saytlar qatorida joy olgan.
XS
SM
MD
LG