Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:49

Google yangi rahbari Larri Peyj O'zbekistondan echkilarni sotib olarmikin?


Yanvar oyida e'lon qilinganiday, 4 aprel kuni Larri Peyj (Larry Page) Google shirkatining amaldagi rahbari etib tayinlandi. Eslatamiz, Larri Peyj Google ga 2001 yil ham rahbarlik qilgan.

O'tgan 10 yil davomida Google ga Erik Shmidt (Eric Schmidt) rahbarlik qilib kelgan edi. Shmidtning aytishicha, Peyj Google ga rahbar qatori qaytishga tayyor va buni intizorlik bilan kutayapti. Shirkatning yangi rahbari qatori Larri Peyj Google ning ma'muriy ishlarini, shirkatning rivojlanish strategiyasi, hamda yangi produktlarni ishlab chiqish ishlarini boshqarib boradi.

Sobiq rahbar Erik Shmidt Google ni tark etgani yo'q. U direktorlar kengashi raisi etib tayinlandi. Google ning rasmiy bayonotlarida aytilishicha, Shmidt "so'ngi 10 yil ichida Silikon vodiysidagi kichkina shirkatni texnologiyalar sohasida dunyodagi peshqadam kompaniyaga aylantirdi" va "uning rahbarligi ostida shirkat o'z infrastrukturasini kengaytirdi, yangi produktlar sonini ko'paytirdi va kompaniyaning yaqqol namoyon etgan innovatsiyalarga intilish madaniyatini saqlab qoldi".

Direktorlar kengashining raisi qatori Erik Shmidt Goolge ning tashqi ishlari bilan shug'ullanadi. Uning mas'uliyatiga boshqa shirkatlar bilan hamkorlik qilish va tehnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarida qatnashish kiradi.

Google ning asoschilaridan biri bo'lgan rossiyalik Sergey Brin esa shirkatning bir qator atayin ishlab chiqilgan dasturlari bo'yicha ish borishi aytilmoqda.

Kompaniyaning yutuqlariga qaramasdan (so'ngi kvartaldagi foyda 8,4 milliard) uning yangi rahbariga oson bo'lmaydi. Yechilishi zarur bo'lgan bir qator muammolar bor. Google ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha Facebook dan ancha orqada qolishi, shirkating Xitoy bozoridagi muammolari va qidiruv tizimining monopolizatsiyalashda ayblovlar shulardandir.

Google da Larri Peyj kompaniya masalalariga "nostandart" yondashuvlari va katta majlislardagi jiddiy hazillari bilan tanilgan. 2001 yili Google reklamalari bo'yicha mutahassis Erik Vich (Eric Veach) Markaziy Osiyo reklama bozorining muhokamasi ketayotgan yig'inda O'zbekistonda plastik kartochkalari orqali to'lov tizimi yo'lga tushirilmagani haqida aytgan. Bunga javoban Larri Peyj O'zbekistonda to'lov qatorida qo'y va echkilarni qabul qilishni tavsiya etgan edi.

O'zbekistonda platik kartochkalarning "dodalari" ishga tushirilgan bir vaqtda Larri Peyjning Google ga qaytishi O'zbekiston Internetdagi reklama bozorining kengayishiga ramziy ishora emasmkin?
XS
SM
MD
LG