Линклар

O‘zbekistonda "Mehr nuri" jamg‘armasining Ramazon oyida ro‘za tutayotgan nochor oilalarga iftorlik beradigan xayriya kampaniyasi boshlandi.

8-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbir chog‘ida O‘zbekistonning hamma viloyatlari markazida ijtimoiy kam ta‘minlangan, jumladan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron oilalarga iftorlik beriladi.

"Mehr nuri" 2005 yildan buyon har Ramazon oyida o‘tkazib keladigan bu aksiyada shu kunga qadar 100 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.

Bu jamg‘armasi 2004 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tomonidan tashkil qilingan va aholiga moddiy-moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG