Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:26

Gymboree o‘zbek paxtasiga boykot e‘lon qildi


AQShning bolalar kiyimi ishlab chiqaruvchi Gymboree shirkati o‘zbek paxtasini sotib olishdan voz kechganini e‘lon qildi.

AQSh va Kanadada 600dan ortiq do‘konga ega shirkat bu qarordan maqsad O‘zbekiston hukumatini paxta hosilini yig‘ib olishda majburiy bolalar mehnatidan foydalanmaslikka ko‘ndirishdir, deyiladi shirkat veb sahifasida e‘lon qilingan bayonotda.

O‘tgan yillar davomida qator G‘arb shirkatlari, jumladan "Tesco", "Marks & Spenser" kabi yirik shirkatlar ham majburiy bola mehnatidan foydalanilgani bois o‘zbek paxtasini boykot qilib kelishadi. O‘zbekistonda har kuz mavsumida yuz minglab bolalalar majburiy paxta yig‘im-terimiga jalb etiladi.

Paxta eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadigan O‘zbekiston paxta savdosidan yiliga bir milliard AQSh dollaridan ortiq foyda olishi taxmin qilinadi.

O‘tgan mavsumda jahon bozorida paxta narxi qariyb ikki yarim barobarga oshdi.
XS
SM
MD
LG