Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 07:02

Haaga sudi Liviya rahbarini hibsga olishga order berdi


Haagadagi Xalqaro jinoyatlar sudi Liviya lideri Muammar Qaddafiyni hibsga olishga order berdi.

Xalqaro sudning bosh prokurori Luis Moreno-Okampo Muammar Qaddafiy va uning o‘g‘li Sayf al-Islom, Liviya razvyedkasi boshlig‘i Abdulla as-Senusiyning insoniyatga qarshi jinoyatlari yuzasidan yetarli isbotlar mavjud ekanini aytgan.

Gap shu yilning fevral oyida boshlangan namoyishlarga qarshi kuch ishlatish haqida bormoqda.

Liviya hukumatining vakili Ibrohim Musa yakshanba kuni mamlakat qurolli to‘qnashuvlarga sahna qilingan bo‘lsa-da, “Qaddafiy Liviya xalqining tarixiy tanlovi” bo‘lib qolayotganligini va uni hokimiyatdan chetlatish mumkin emasligini ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG