Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:54

Haitida 23 kishi toshqin qurboni bo‘ldi


Haitidagi toshqin oqibatida kamida 23 odam nobud bo‘lgani aytilmoqda.

Eng ko‘p qurbonlar mamlakat poytaxti Port-o-Prensda qayd qilindi.

Mamlakatda yo‘llarni suv yuvib ketib, ko‘p uylar vayron bo‘lgani aytilmoqda.

Ayni paytda 2 go‘dak toshqin ag‘darib yuborgan uy tagida majaqlanib ketgani bildirildi.

Shuningdek, bulturgi yildagi zilziladan keyin tikilgan chodir shaharchasi aholisiga ham katta shikast yetgani ma‘lum bo‘ldi.

Mulozimlar chodirlar shaharchasi to‘fon oqibatida yo‘q bo‘lib ketishidan cho‘chishmoqda.
XS
SM
MD
LG