Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:31

Kareliya izolyatoridagi o‘zbek muhojirlari elchixonadan najot kutmoqda


Kareliyaning ma’muriy markazi Petrozavodsk shahri Sankt-Peterburgdan 500 kilometr shimolda joylashgan.
Kareliyaning ma’muriy markazi Petrozavodsk shahri Sankt-Peterburgdan 500 kilometr shimolda joylashgan.

Rossiya shimolidagi Kareliya Respublikasi, Petrozavodsk shahrida joylashgan Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazidan Ozodlikka murojaat qilgan bir guruh O‘zbekistonvatandoshlari elchixona tomonidan bee’tibor qolayotganidan shikoyat qildi. Bir necha oydan buyon deportatsiya qilinishini kutib yotgan mehnat muhojirlari O‘zbekistonga chiqib ketish uchun elchixona tomonidan hujjatlarning uzoq vaqt tayyorlanishi sababli hibsxonada uzoq qolib ketishayotganini aytishmoqda.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan 500 kilometr shimolda joylashgan Petrozavodsk shahridagi Xorij fuqarolarini saqlash markazida Rossiya qonunchiligini buzganlikda ayblanib, ikki oydan buyon hibsda ushlab turilayotgan xorazmlik Rashid Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilib, o‘zi va yana bir qancha yurtdoshlari O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidan najot kutayotganini aytdi.

- Men ikki oy bo‘ldi bu yerga tushganimga. Bu yerda juda ko‘p o‘zbeklar oylab yotibdi. Sababi izolyator ma’muriyati yuborgan so‘rovlarga elchixonadan vaqtida javob bo‘lmayapti. Elchixona bizni ahvolimizga e’tibor ham bermayapti. Bu erda o‘tirsakku-o‘tiraveramiz. Lekin, bu yerda o‘tirishimiz qimmatga tushadi. Har kun o‘tirishimiz uchun izolyator O‘zbekistondan pul oladi. O‘zbekistonga borganimizda esa bizni bo‘ynimizga ilib qo‘yadi shu pulni, - deydi Rashid.

Suhbatdosh qo‘shni respublikalik muhojirlar o‘z elchixonasi va diasporasi yordamida 15-20 kunda yurtiga jo‘natilayotganini aytdi.

- Bu yerda Ukraina, Belarusdan bolalar bor. Ularni elchixonalari masalani tez hal etib olib ketyapti. Tojikistonni elchixonasi ham o‘z fuqarosi azoblanmasin, qarzga botmasin deb, tezda olib ketyapti. Bizni elchixona qiziqmaydi ham, yetim jo‘jaday o‘tiribmiz, - deydi Rashid.

Карелия изоляторида ўтирган ўзбек тутқуни Рашид
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:38 0:00
Бевосита линк

Ozodlikning bu shikoyatlar yuzasidan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidan munosabat olish urinishlari besamar bo‘ldi.

Sankt Peterburgdagi o‘zbeklar diasporasi vakillaridan biri Olim Hudoyqulovning Ozodlikka aytishicha, bu muammo faqat elchixonaning sustkashligi bilan bog‘liq emas.

- Izolyatorda o‘tirganlarni o‘zlarida ham muammo ko‘p. Ko‘pchiligi Rossiyada hujjatsiz, noqonuniy yashaydi. Agarda biror hujjati joyida bo‘lmasa, uni rasmiylashtirish ancha vaqtga cho‘ziladi. Hujjati joyida bo‘lsa ularni bir oydan ortiq hech kim ushlab o‘tirmaydi, - deydi Hudoyqulov.

Avvalroq, Rossiyaning boshqa mintaqalarida joylashgan ko‘plab Xorij fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markazlarida ham O‘zbekistonga jo‘natish bilan muammolar vujudga kelib turgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG