Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:24

Harbiylar Muborak rejasini ma‘qulladi


Misr harbiylari prezident Husni Muborakning o‘z salohiyatlarini vitse- prezident Umar Sulaymonga topshirish rejasini ma‘qulladi.

Muborak namoyishchilar talab qilganidek, iste‘foga chiqishini emas, balki ba‘zi salohiyatlarini Umar Sulaymonga topshirishni va‘da qildi.

Misr Mudofaa vaziri rahbarlik qiluvchi Oliy harbiy kengash o‘z bayonotida mamlakat armiyasi sentabr oyiga belgilangan prezidentlik saylovlarining erkin va adolatli o‘tkazilishiga kafil bo‘lishini bildirdi.

Shuningdek, harbiylar Qohira markaziga yig‘ilgan namoyishchilarni o‘z uylariga qaytishga chaqirdi.

Misr Oliy harbiy kengashi mamlakatda vaziyat iziga tushishi bilan favqulodda xolat bekor qilinishini ham va‘da qildi.

Ayni paytda Misr muxolifati bugun Qohirada keng ko‘lamli namoyishlarni o‘tkazishga shaylanmoqda.

Prezident Husni Muborakning iste‘foga chiqish o‘rniga¸ o‘z vakolatini o‘zi tayinlagan vitse-prezidentga berishini e‘lon qilishi namoyishchilar g‘azabini qo‘zg‘otdi.

Bugun juma namozidan so‘ng muxolifat 20 million odamni ko‘chaga olib chiqishini bildirgan.
XS
SM
MD
LG