Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:46

Xayr maktabim, xayr sho'xligim...


Bugun O'zbekiston bo'ylab maktablarda so'ngi qo'ng'iroq jaranglaydi. Jamalak sochlariga oq lenta taqqan qizaloq yuqori sinf o‘quvchisining yelkasida o‘tirib¸ tunjdan yasalgan og‘irgina qo‘ng‘iroqni jiringlatadi. Bitiruvchilar, maktab direktorlari o'z nutrqlarida aytganiday, mustaqil hayotga qadam qo'yishadi.

O‘quvchilar¸ ayniqsa bitiruvchilar qalbida maktab deb atalgan zahmatning tugaganidan sevinishmi¸ ertangi kunning noma‘lumligidan qo‘rquvmi bor. Qalblarda hayajon. Ayniqsa bitiruvchi qizlar Ravshan Sobirov va "Setora"ning "Hayr maktabim" qo'shig'ini eshitib ko'z yoshlarini to'xtata olmaydilar. Ahir ulg'ayib o'sgan maskan, yaxshiyu-yomon muallimlar va qadrdon do'stlar bilan xayrlashish oson emas-da.

O'zbekiston Xalq ta'limo vazirligi bergan ma'lumotga ko'ra, bu yil O‘zbekiston to'qqiz yillik o‘rta maktablarini 600 mingga yaqin o‘smir tugatadi. Ho'sh, o'zbekistonlik bitiruvchilar mustaqil hayotining birinchi qadamlarini qayerda qo'yishmoqchi?

Ibrohim, 15 yoshda, Toshkent:

- Maktabni tugatib kollejda o'qishni davom ettirmoqchiman. Kelajakga rejalar katta. Toshkentdagi Vestminster yoki Diplomatiya oliygohlariga topshirmoqchiman. Maqsad kelajakda diplomat bo'lish.

Nargiza, 16 yoshda, Andijon:

- To'grisini aytsam maktabni tugatgim yo'q... Kollejda o'qiyman deyapman. Keyin esa stomatologiya yoki farmasevtika bo'yicha o'qisam kerak. Yaxshi ish-da qiz bola uchun. Ikkita akam bor. Ular [oliygohda] o'qishmadi-da. Hozir Rossiyada ishlashyapti. Ota-onam meni o'qitishmoqchi.

Farruh, 15 yoshda, Farg'ona:

- O'qishni davom ettirishni xohlayman. Farg'ona Davlat Universitetida chet tillarini o'rganmoqchiman. Sinfdoshlarim? Hammasi ham o'qishni davom ettirmoqchi emas. Kimdir ota-onasiga bozorda yordam bermoqchi, kimdir xunarmandchilikda.

Aziz mushtariy, sizda yuqorida aytilgan 600 mingga yaqin o'zbekistonlik bitiruvchiga tilaklaringizni va/yoki maslahatlaringiz bormi? Agar bo'lsa, ularni maqolaning sharhida qoldiring.
XS
SM
MD
LG