Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:58

HRW: O‘zbekiston ishlashga imkon bermadi


Hyuman rayts uotch xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekiston hukumati tashkilotning Toshkentdagi idorasini yopishni buyurganini ma‘lum qildi.

Tashkilot xodimlariga ko‘ra, viza va ish faoliyati uchun ruxsat olish kabi cheklovlar bilan O‘zbekiston rasmiylari ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va ohir oqibat may oyida Toshkentdagi idorasini ro‘yhatga olmagan.

Hyuman rayts uotch O‘zbekistonda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan pallada bu mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lganliklarini aytishmoqda.

Tashkilotga ko‘ra, hozirda o‘nlab jurnalist, huquq faoli va muxolifat a‘zolari qiynoqlar va tahqirlashlar hukmron o‘zbek qamoqxonalaria qolmoqda.

Hozirga qadar O‘zbekiston hukumati Hyuman rayts uotchning bu bayonotiga munosabat bildirmadi.
XS
SM
MD
LG