Линклар

logo-print
Hyuman Rayts Uotch tashkiloti O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Bryusselga tashrifi munosabati bilan Yevrokomissiya raisi Joze Manuel Barrozo nomiga maktub yo‘lladi.

Hyuman Rayts Uotch ushbu maktub orqali janob Barrozodan prezident Karimov bilan uchrashuv paytida Yevropa Ittifoqi nomidan O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq ahvolga chuqur tashvish bildirishga chaqiradi.

YeI O‘zbekistondagi vaziyatni yaxshilash borasida prezident Karimovdan konkret harakatlar qilishni talab qilishi lozimligi qayd qilinadi maktubda.

Shuningdek, Hyuman Rayts Uotch YeI prezident Karimov oldiga quyidagi talablarni qo‘yishni so‘raydi.

Prezident Karimov mamlakatdagi barcha vijdon tutqinlari va huquq faollarini qamoqdan ozod qilish, mamlakatda nohukumat tashkilotlarining erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilmaslik, BMT maxsus ma‘ruzachilari bilan hamkorlik qilish, matbuot va so‘z erkinligini ta‘minlash, bolalar mehnatiga qarshi konvyensiyani amalda qo‘llashga kirishish, mamlakatdagi saylov jarayonlarini halqaro standartlarga moslashi zarurligi aytiladi Hyuman Rayts Uotchning Barrozo nomiga yo‘llangan maktubida.
XS
SM
MD
LG