Линклар

Misr prokurori sobiq prezident Husni Muborak va o‘g‘illarinini 15 kunga hibsga olishga order berdi.

Hozir Misrda Muborak rejimining korrupsiyaga aloqadorligi yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Muborak seshanba kuni yurak hurujiga uchrab kasalxonaga yotqizilgan.

13 aprel kuni sobiq prezidentning ikki o‘g‘li Alaa va Jamol 15 kunga hibsga olindi.

Ular davlat mulkini o‘zlashtirganlik va xizmat salohiyatlarini suiiste‘mol qilganlik bo‘yicha so‘roq qilinmoqda.

Bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlaridan so‘ng Husni Muborak joriy yil 11 fevral kuni prezidentlikdan iste‘foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.

O‘shandan beri Muborak va yaqinlari Qizil dengiz sohilidagi Sharm-ash-Shayx shahridagi qarorgohida yashab kelmoqda.

Husni Muborak, o‘g‘illari va kelinlarining xorijga chiqishlari ta‘qiqlangan.

Ayni paytda ularga tegishli bo‘lgan mol-mulklar muzlatib qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG