Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:26

Ijtimoy tarmoqlar statistikasi: "Odnoklassniki"da o'zbekistonliklar soni milliondan oshdi


"Yosh to'lqin" tahririyatining 2011 yil 11 aprel kuni o'tkazgan tadqiqoti natijalari bugungi kunda RUnet'ning "Odnoklassniki.ru" va "Moy mir" xizmatlari O'zbekistonda eng mashhur va foydalanuvchilari soni tez o'sayotgan Internetdagi ijtimoiy tarmoqlari ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, "Odnoklassniki.ru" saytida 1 007 463 o'zbekistonlik foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan, Mail.ru internet kompaniyasiga tegishli "Moy mir" xizmatida esa 689 502 o'zbekistonlik bor.

"Yosh to'lqin" tahririyat tarafidan joriy yilning 9 fevralida o'tkazilgan huddi shunday tadqiqot "Odnoklassniki.ru" saytida 840 056, "Moy mir" xizmatida esa 623 536 o'zbekistonlik foydalanuvchi borligini ko'rsatgan edi. Bu raqamlarga asoslanadigan bo'lsak, songi ikki oy davomida "Odnoklassniki.ru" saytiga kuniga 2790 (20% o'sish), "Moy mir" xizmatiga esa kuniga 1100 (10,5% o'sish) o'zbekistonlik yangi foydalanuvchi qo'shilgan.

Dunyodagi eng yirik Internet ijtimoiy tarmog'i bo'lmish "Facebook" saytida atigi 69 140 o'zbekistonlik foydalanuvchi bor. Ikki oy oldin bu raqam 54 940 edi, ya'ni so'ngi ikki oy davomida kuniga 236 (20,5% os'ish) o'zbekistonlik Facebookchilar safiga qoshilgan. O'sish saviyasi tez bo'lishiga qaramasdan, bu ko'rsatkich okean kabi Facebookning kichkina bir tomchisidir. 69 140 o'zbekistonlik Facebookchi jami bo'lib 629 622 400 foydalanuvchisi bor Facebook saytining atigi 0.011% tashkil qiladi.

Facebookning demografiya ko'rsatkichlari bo'yicha so'ngi ikki oy ichda o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Facebookdagi o'zbekistonliklarning asosiy qismini (75%) 18 dan 35 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar tashkil qiladi. Gender masalasida esa tengsizlik - 61% erkaklar, 39% ayollar.

Joriy yilning boshida O'zbekiston davlat idoralari tarafidan mamalakatdagi internet foydalanuvchilarining soni 7 millinoga yetgani haqida bong urilgan edi. Agar shu raqamga asoslanadigan bo'lsak, "Odnoklassniki.ru" saytida o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning 14,3%, "Moy mir" xizmatida 9,8%, "Facebook" saytida esa 0.98% ro'yxatdan o'tgan.

Inqilob sayin mashhurligi dunyoda tobora ortib borayotgan Twitter mikroblog xizmatining mamlakatlarga bo'lingan ochiq statistika ma'lumoti mavjud emas. Lekin o'z kuzatuvlarimizga asoslanadigan bo'lsak, Twitterda faol o'zbekistonliklarning soni 1000 ga yetmaydi.

"Odnoklassniki.ru" saytidagi o'zbekistonliklar asosan qaysi shaharlarda istiqomat qilishi bo'yicha o'tkazgan tadqiqotimiz quyidagilarni ko'rsatdi:

Jami bo'lib - 1 007 463 (100%)

Toshkent - 533 529 (52%)
Samarqand - 128 292 (13%)
Farg'ona - 75 551 (7,5%)
Buxoro - 31 577 (3,1%)
Qarshi - 28 235 (2,8%)
Andijon - 18 291 (1,8%)
Nukus - 14 648 (1,4%)

"Moy mir" xizmatidagi o'zbekistonliklarning asosiy qismining geografiyasi esa quyidagiday:

Jami bo'lib - 689 502 (100%)

Toshkent - 328 618 (47,6%)
Samarqand - 63 299 (9%)
Farg'ona - 31 353 (4,5%)
Andijon - 31 986 (4,6%)
Buxoro - 26 585 (3,8%)
Nukus - 26 589 (3,8%)
Navoiy - 22 145 (3,2%)
Namangan - 21 843 (3,2%)
Urganch - 18 660 (2,7%)

Markaziy Osiyo mamalakatlariga solishtiradigan bo'lsak, Qozo'gizston ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bo'yicha birinchilikni saqlab turibdi. Qozog'istonda yagona "Odnoklassniki.ru" sayti foydalanuchilari sonining o'zi 1 622 622. Ikki oy oldin bu raqam 1 519 712 edi (6.75% o'sish).

Qolgan qo'shni mamlakatlar statistikasi (11.04.2011):

"Odnoklassniki.ru"

Qirg'iziston - 273 913
Tojikiston - 128 999
Turkmaniston - 106 598

Facebook

Qozog'iston - 269 980
Qirg'iziston - 45 386
Tojikiston - 15 340
Turkmaniston - 13 100

* "Moy mir" xizmatining foydalanuvchilar statistikasini olish ko'p vaqt talab qilgani uchun qo'shni davlatlar bo'yicha bu ujimoiy tarmoq raqamlarini olmadik.

Tadqiqotimizda "Odnoklassniki.ru", "Moy mir" va "Facebook" saytlarining bergan statistikasidan foydalandik.

Eslatib o'tamiz, yuqorida ko'rsatilgan raqamlarda faqat yashash joyini O'zbekiston va O'zbekiston shaharlarini ko'rsatgan tarmoq foydalanuvchilari inobatga olingan.
XS
SM
MD
LG