Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:28

Dushanbe va Toshkent amalga oshmagan parvoz yuzasidan dastlabki izohni berdi


Tojikiston transport vazirligi O‘zbekiston tomoni Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarning 20 fevralga rejalashtirilgan birinchi reysini qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qarorini xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilgani to‘g‘risida bayonot berdi.

O‘z navbatida Toshkent Tojikistonning “Somon Eyr” kompaniyasi 20 fevralga rejalashtirilgan parvozni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganini aytmoqda.

Tojikiston transport vaziri o‘rinbosari Sherali Ganjalzoda 21 fevral kuni Ozodi radiosiga (Ozodlik radiosi tojik xizmati) bergan suhbatida bunday dedi:

“Rejalashtirilgan parvozning xavfsizlik bilan bog‘liq ravishda amalga oshirilmaganini bizga telefon orqali bildirishdi. Biroq bu gap ostida qanday ma’no yotgani to‘g‘risida izoh ololmadik. Vaholanki, 10 fevral kuni Toshkentda o‘tkazilgan so‘zlashuvlarda “Somon Eyr” kompaniyasiga 20 fevraldan boshlab Toshkent aeroportiga parvoz qilishga ruxsat beruvchi hujjatlar taqdim etilgan”.

Biroq “O‘zbekistan havo yo‘llari” aviakompaniyasi matbuot markazidan Ozodi radiosi olgan ma’lumotlarga qaraganda, erishilgan kelishuvga binoan, “Somon Eyr” kompaniyasi muntazam parvozlarning birinchi reysi amalga oshirilishidan bir necha kun oldin tegishli hujjatlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga jo‘natishi lozim edi. Biroq bu ish qilinmagan.

Ozodi radiosi, o‘z manbasiga tayanib, bu haqdagi batafsil ma’lumot “O‘zbekistan havo yo‘llari” aviakompaniyasining rasmiy saytida e’lon qilinajagini xabar qildi.

Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 20 fevralga rejalashtirilgan uchoq parvozi O‘zbekiston tomonining aybi bilan amalga oshmagani to‘g‘risida dushanba kuni "Somon Eyr" kompaniyasi xabar qilgan edi.

20 fevralga rejalashtirilgan parvoz Dushanbe bilan Toshkent o‘rtasida mo‘ljallangan muntazam qatnov doirasida “Somon Eyr” kompaniyasi amalga oshiradigan birinchi reys bo‘lishi, unda Dushanbedan Toshkentga 26 yo‘lovchi uchishi kerak edi.

“Somon Eyr” kompaniyasining Ozodi radiosiga bildirishicha, hozirda kompaniya rahbariyati “O‘zbekistan havo yo‘llari” aviakompaniyasidagi hamkasblari bilan Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tezroq boshlab yuborish maqsadida ba’zi bir tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Dushanbe va Toshkent orasidagi aviaparvozlar bundan 25 yil muqaddam - 1992 yilda, Tojikistonda bo‘lgan fuqarolar urushi tufayli bekor qilingan edi.

XS
SM
MD
LG