Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:32

Import oziq-ovqat narxi keskin tarzda oshdi


O‘zbek oilalari oyda yoki yilda bir o‘zlarini erkalaydigan import oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanada oshdi.
O‘zbek oilalari oyda yoki yilda bir o‘zlarini erkalaydigan import oziq-ovqat mahsulotlari narxi yanada oshdi.
O‘zbekistonda mamlakatga kiradigan oziq-ovqat mahsulotlariga 200 foizgacha aksiz solig‘i joriy qilindi.

O‘zbekiston prezidentining 1496-sonli qaroriga muvofiq 1 apreldan boshlab O‘zbekiston bojxonalari oziq-ovqat, xususan un mahsulotlarining mamlakatga keltirilishini qattiq nazorat ostiga oldi.

Bu qaror talabiga binoan O‘zbekiston soliq qo‘mitasi bozorlar, savdo tarmoqlari va mamlakatga oziq-ovqat import qiladigan shirkat va shaxslar ustidan nazoratni kuchaytirdi.

Qaror indallosida bu choralar mamlakat un sanoati raqobatbardoshligini yaxshilash uchun qaratilgani ta‘kidlanadi.

O‘zbekiston bojxona qo‘mitasining shaxsi sir qolishini istagan mulozimi 1 apreldan boshlab aksiz solig‘iga tortilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati yuzlab nomlardan iborat deya malum qildi.

Suhbatdoshga ko‘ra, joriy qilingan aksiz solig‘i 10 foizdan 200 foizgachani tashkil qiladi.

- Yangi joriy qilinadigan aksiz solig‘i bo‘yicha ishlaëtgan edik, material tayërlaëtgan edik. O‘shani yaqin kunlarda e‘lon qilamiz,- dedi O‘zbekiston bojxona qo‘mitasi mulozimi.

Masalan, muzqaymoqqa 200 foiz, saqichga 100 foiz soliq solingan. Qatiq, qaymoq, pishloq, tvorog va tuxum 70 foiz, kolbasa, go‘sht, konserva va go‘shtdan tayoyrlangan mahsulotlar, qandolat 50 foiz aksiz cholig‘iga tortilgan.

Qarorga ko‘ra, bolalar uchun mahsulotlar aksiz solig‘iga tortilmaydi, ammo pediatr vrachlar bolalar uchun tavsiya qilgan tvorog va qaymoq chegaradan o‘tar ekan ustiga 70 foiz aksiz yuklanadi.

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati vakiliga ko‘ra, bu choralar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan un, sut , go‘sht va boshqa oziq ovqat maxsulotlari sotilishi uchun qulay muhit yaratadi.

- Aksizlar chiqqan, 1 apreldan kuchga kirgan. 15 foiz aksiz bor, 20 foiz NDS (qo‘shilgan qiymat solig‘i-tahr.) bor. Qayerdan kelishiga qarab poshlinasi (boj to‘lovi-tahr.) bo‘ladi. U yerda nimaga tushaëtganini ëzgan. Qaysi mahsulot tushayapti, qaysi mahsulot tushmayapti. Hamma oziq-ovqat tushmagan. Go‘shtlarga, baliqlarga, konservalarga chiqqanda,- dedi O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati vakili.

Toshkentdagi Mustaqil iqtisodchilar tahlil guruhi eksperti tashqaridan kiraëtgan mollar ustiga aksiz yuklanishi mamlakatda ishlab chiqarilaëtgan mahsulotlar sifatining ëmonlashishi va narxlarning asossiz oshishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qiladi.
XS
SM
MD
LG