Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:03

Kelasi yil oxirigacha Afg‘onistonni 900 ingliz askari tark etadi


Britaniya Bosh vaziri Devid Kameron 2012 yilning oxirga qadar Afg‘onistondan 500 ingliz harbiysi olib chiqilajagini ma‘lum qildi.

Joriy yilning oxirigacha uyiga qaytadigan 400 askarni qo‘shib hisoblaganda, Afg‘onistonda kelasi yilning oxirida Britaniyaning 9000 qo‘shini qoladi.

Chorshanba kuni parlament oldida qilgan chiqishida Kameron Britaniya qo‘shinlari 2015 yildan boshlab Afg‘onistondagi jangovar amaliyotlarida qatnashmasligiga oid rejalarni yana bir bor eslatdi.

O‘tgan oy AQSh Prezidenti Barak Obama shu yilning oxirga qadar amerikalik 10 ming askar, kelasi yilning oxirigacha esa 23 ming askar Afg‘onistonda uylariga qaytishini e‘lon qilgan edi.
XS
SM
MD
LG