Линклар

Inson fazoga uchgan kunning 50 yilligi dunyo bo‘ylab nishonlanadi


Yuriy Gagarin Vostok fazo kemasida parvozdan oldin, 12 aprel 1961 yil

Yuriy Gagarin Vostok fazo kemasida parvozdan oldin, 12 aprel 1961 yil

Yuriy Gagarin insoniyat tarixida ilk bor fazoda 108 daqiqa parvoz qilganining 50 yilligi Rossiyada 12 aprel kuni keng nishonlanadi.

Rossiyaning Fazo tadqiqotlar agentligi 49 davlatning fazo tadqiqotlar markazlari rahbarlarini Mokvaga taklif qilgan.

Dunyo jamoatchiligi Gagarinning kosmosga uchishini insoniyat tarixidagi muxim voqealardan biri sifatida tan olgan.

Bu sananing 54ta davlatda nishonlanishi kutilmoqda.

Londondagi Britaniya Kengashi binosi oldida Gagarinning haykali ochiladi.

Yerevanda ham dunyoning birinchi kosmonavtiga haykal qo‘yiladi.

Yuriy Gagarin fazoga uchgan Qozog‘istonning Boyqo‘ng‘ir kosmodromida esa qator marosimlar o‘tkazilishi rejalangan.
XS
SM
MD
LG