Линклар

logo-print
AQShdagi Ozodlik uyi inson huquqlari tashkiloti e‘lon qilgan yangi hisobotda aytilishicha, dunyo bo‘ylab internetdan foydalanuvchilar soni ortishi barobarida internetga cheklovlar ham kuchaymoqda.

Jahonning 37 mamlakatidagi vaziyat tahlil qilingan hisobotda Estoniya internetdan foydalanish bo‘yicha eng erkin, Eron esa eng yomon mamlakat sifatida baholangan va ro‘yxat tubidan joy olgan.

Eron qatorida yana Belarus, Birma, Xitoy, Kuba, Saudiya Arabistoni va Tayland kabi mamlakatlar internet erkin bo‘lmagan davlatlar sifatida tilga olinadi.

Bu davlatlarda bloggerlar, onlayn jurnalistlar va inson huquqlari faollari, qolavyersa, forumlarda ishtirok etgan oddiy odamlar doimiy ta‘qib va tahdidlar ostidadir. Ularga hibs va yo ozodlikdan mahrum bo‘lish tahdid soladi.

Ozodlik uyi hisobotida O‘zbekiston tilga olinmagan. O‘tgan oy O‘zbekiston yana Parijdagi chegara bilmas muxbirlar tashkilotining “Internet dushmanlari" ro‘yxatidan joy olgan edi.
XS
SM
MD
LG