Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 05:01

OMG! Internet ingliz tiliga yangiliklar kiritmoqda, LOL!


Internet borgan sari rivojlanib, odamlarning kundalik hayotida muhim o'rin egallab borayotgan bir davrda odamlarning bir-biri bilan qiladigan muloqotining ham ko'p qismi real hayotdan Internetga ko'chmoqda. Bu esa o'z o'rnida insonlarning leksikoni, ya'ni so'z boyligiga yangi so'zlarni kiritmoqda.


25 mart kuni ko'pchilikga tanish bo'lgan Oksford Ingliz tili Lug'atining yangi 2011 yilgi nashri e'lon qilindi. Ma'lum bo'lishicha, lug'atning yangi nashriga Internetda bo'ladigan ingliz tilidagi muloqotda ko'p ishlatiladigan qisqartmalarning eng mashhurlari bo'lmish "LOL", "OMG va "

"LOL" so'zi "laughing out loud" jumlasining qisqartmasi bo'lib, o'zbek tilida "yotvolib kulyapman" de'gan ma'noni anglatadi. "LOL" so'zi Internetda kulgining ramzi bo'lmish ":)" belgisidan kuchliroq ma'noga ega. RuNet, ya'ni rus tilidagi internetda esa "LOL" so'zining tarjimasi "padstalom", ya'ni "от смеха валяюсь под столом" jumlasining qisqartmasidir.

"OMG" so'zi ham ingliz tilidagi chatlarda ko'p ishlatiladigan so'z bo'lib, "Oh my God" jumlasining qisqartmasidir. Bu so'zning o'zbek tililidagi tarjimasi "Voy xudo" bo'lib, hayratda qolish yoki ajablanish holatini ifodalaydi.

"

O'zbek tilidagi Internet sayhonida ham shunday qisqmartmalarga duch kelganmisiz?

XS
SM
MD
LG