Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:54

Internet: Korrupsiyaga qarshi kurash sifatli bo'lishi kerak


Qirg'iziston hukumatining korrupsiyaga qashi kurash uchun yaratilgan veb-sayti qirg'izistonlik Internet foydalanuvchilari tarafidan keskin tanqidga uchradi.

Mart o'yida e'lon qilingan www.anticorr.gov.kg veb-sayti mualliflarining ta'kidlashicha, sayt mamlakatning har bir sohasida chuqur ildiz otgan korrupsiyaga qarshi kurashish va ayniqsa davlat xaridlari orqali o'z cho'ntaklarini semirtirayotgan amaldorlarga qarshi kerakli choralar ko'rish maqasadida yaratilgan.

Veb-saytda aytilishicha, korrupsiyaga duch kelgan inson o'z shikoyatini saytda ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. Shikoyat atayin komissiya tarafidan o'rganib chiqilib, unga nisbatan kerakli choralar ko'rilishi kerak. Biroq, deyiladi veb-saytda, anonim ravishda qoldirilgan shikoyatlar komissiya tarafidan o'rganilmaydi.

Barcha sobiq Ittifoq davlatlaridagi kabi, 5,5 million aholiga ega bo'lgan Qirg'izistonda ham korrupsiya keng tarqalgan va aholining kundalik hayotiga singib ketgan. Xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida aytilishicha, Qirg'izistonda hukumat idoralari, ta'lim maskanlari, soliq va huquq-tartibot idoralari korrupsiya botqog'iga eng ko'p botgan maskanlardir. Transparency International tashkilotining 2010 yilgi Korrupsiyani baholash indeksi hisobotida Qirg'iziston 178 davlat orasida 164-o'rinni egallagan edi.

Mamlakatdagi korrupsiya darajasining yuqoriligini hisobga olganda, unga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan veb-sayt ko'pchilik tarafidan ijobiy kutib olinishi kutilayotgan edi. Biroq veb-sayt ishga tushirilganiga oz vaqt o'tganiga qaramasdan, u ko'pchilik tarafidan keskin tanqidga uchradi.

Bishkekda joylashgan Yangi Mediya Instituti rahbari Sergey Makarovning ta'kidlashicha, veb-saytning sifatsizligi va uning hukumat tarafidan boshqarilgani qirg'izistonlik Internet foydalanuvchilariga yoqmadi.

- Korrupsiyaga qarshi veb-sayt ishga tushirilganda uni halq orasida, ayniqsa Internet foydalanuvchilari orasida targ'ib qilish ishlari umuman olib borilmadi. Veb-saytning sifati esa juda ham nochor. Qanaqa veb-sayt bo'lmasin, agar u sifatsiz ishlangan bo'lsa, u Internet foydalanuvchilarining ishonchini qozona olmaydi.

Sergey Makarovning aytishicha, korrupsiyaga qarshi veb-saytning ishga tushirilishi yangi hukumatning shaffoflikga erishish uchun qilayotgan harakatlarini aholiga ko'r-ko'rona qilishga urunishga o'xshaydi, holos.

- Veb-sayt aholining hukumat bilan to'grima-to'gri aloqasini kuchaytirish uchun yaratilgan. Lekin unda aholining shikoyatini qay tarzda ko'rib chiqilishi va komissiyaga kimlar kirishi yozilmagan. Sayt huddi "xo'ja ko'rsin"ga qilinganga o'xshaydi, deydi Sergey Makarov.

Qirg'izistondagi taniqli "Dizel" Internet forumi ishtirokchilari ham yangi veb-sayt haqida o'z fiklari bilan o'rtoqlashishdi.

- Chaqimchilik hech qachon mamalakat iqtisodining rivojlanishiga olib kelmagan. Tarix bunda yaqqol misoldir, deb yozadi Fubsy ismli forumchi.

- Saytning dizayni sifatsiz ishlangan. Bunday loyihalarni ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilish kerak. Odamlarning hukumatga bo'lgan ishonchi pastligi tufayli bunday saytni hukumat idorasi emas, balki nodavlat tashkilot boshqarishi kerak. Anonimlik bo'yicha - shikoyatchining ismini sir saqlanishiga sayt 100% kafolat bera oladimi? Savollar ko'p. Kamchiliklari bo'lsa ham sayt oddiy fuqarolarga foyda olib keladi degan umiddaman, deb yozadi Gektar ismli yana bir forumchi.

"Dizel" forumi forumchilarning korrupsiyaga qarshi veb-saytga bo'lgan ishonchini baholash uchun online so'rov o'tkazdi. So'rovda 176 forumchi qatnashib, ularning 67% saytga ishonch bildirmagan.

Esingizda bo'lsa, mart oyida Ichki ishlar vaziri Bahodir Matlyubovning haydovchisidan pora olgan DAN xodimlari va ularning rahbarlari ishdan olingani haqida xabar bergan edik. Qiziq, korrupsiya keng tarqalgan O'zbekistonda ham poraxo'rlikga qarshi veb-sayt ishga tushirilsa natijasi qanday bo'lar ekan?
XS
SM
MD
LG