Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:31

Internet tarmog'ining tezligi boyicha O'zbekiston 132 o'rinda


Dunyo bo'ylab internet tezligi reytingida O'zbekiston ma'lumotni yuklab olish (download) bo'yicha 132 o'rinni egalladi. Bu esa reytingga umuman kiritilmagan Turkmanistonni hisoblamaganda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng past ko'rsatkichdir. Bu haqda Speedtest.net saytining internet tarmog'i teziligini o'rganishga qaratilgan tadqiqoti natijalarida aytilmoqda. Tadqiqot natijalariga ko'ra, Janubiy Koreya bugungi kunning eng tez internet tarmog'iga ega - 36,71 Mbit/soniya.

Speedtest.net o'tkazgan tadqiqot so'ngi 30 kun ichida davom etgan va internet kanallarining tarmoqdan yuklab olish va tarmoqqa yuklash tezliklarining o'rtacha ko'rsatkichlarini aniqlagan.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, internetga yuklash (download) tezligi bo'yicha birinchi o'ntalikga quyidagi mamalakatlar kirgan:

  • Litva - 30,22 Mbit/soniya
  • Latviya - 26,32 Mbit/son.
  • Shvetsiya - 24,87 Mbit/son.
  • Gollandiya - 24,31 Mbit/son.
  • Ruminiya - 24,26 Mbit/son.
  • Moldova - 23,58 Mbit/son.
  • Aland orollari - 20,99 Mbit/son.
  • Sheysariya - 19.44 Mbit/son.
  • Germaniya - 19,42 Mbit/son.

Internetdan yuklab olish tezligi bo'yicha O'zbekiston 1,77 Mbit/soniya tezligi bilan 131 o'rinni oldi. Bu esa qo'shni Qozog'iston va Qirg'iziston ko'rsatkichlaridan qariyb uch barobar sekin.

Reyting natijalariga ko'ra, Markaziy Osiyo mintaqasida internetga yuklash tezligi bo'yicha Qozog'iston 6.16 Mbit/soniya tezligi bilan 59 o'rinda, Qig'iziston 5,44 Mbit/son. tezligi bilan 67 o'rinda, Tojikiston esa 1,78 Mbit/son. tezligi bilan 130 o'rinda. Turkmaniston tadqiqotda qatnashmagan.

Internet tezligi bo'yicha reytingning eng quyi o'rinlarini Boliviya (0,54 Mbit/son.), Livan (0,47 Mbit/son.) va Zimbabve (0,38 Mbit/son.) egalladi.

Internetga yuklash (upload) tezligi bo'yicha esa O'zbekiston 115 o'rinda - 0.64 Mbit/son.

Dunyo davlatlarining internet tezligi reytingi tez-tez o'zgarib turadi. Siz yashayotgan davlatning dunyo tasnifidagi o'rnini yoki o'z uyingizdagi internet tezligini tekshirmoqchi bo'lsangiz "speedtest.net" dan foydalaning.

Shu o'rinda mavzuga oid bir aforizm.

"Tezlikni karvondagi eng sekin tuya belgilab beradi"

Sizlarni bilmadim-ku, menga tezlik hech qachon etishmaydi.
XS
SM
MD
LG