Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:10

Internetda turli hil domen hududlari ochishga ruxsat berildi


Internetdagi domen manzillarini nazorat qilib keladigan ICANN tashkiloti yirik biznes kompaniyalari, davlatlar va jamoalarga internetda o‘z domen hududiga ega bo‘lishiga ruxsat berdi.

Ya'ni, 2012 yilning boshidan boshlab yirik tashkilotlar o'z veb-sayti manzilini o'ziga to'gri keladigan qo'shimcha bilan yakunlashi mumkin. Deylik, Koka-Kola shirkati veb-saytining ayni damdagi manzili www.coca-cola.com bo'lsa, kelgusi yilning boshidan ular sayt manzilini www.coca.cola ga o'zgartirishi mumkin.

Internetdagi belgilangan nomlar va raqamlar bo‘yicha nazorat yuritadigan internet korporatsiyasi bu internet olamida katta o‘zgarishlarga olib kelishini aytmoqda.

Ko‘p yillar davomida internet tarmog‘ida .com, .net, .org kabi domenlardan boshqa domenlarning bo‘lishiga qarshilik qilib kelingan va bu internet tarmog‘ida chalkashliklar paydo qilishi, shuningdek, savdo belgisi bo‘yicha qonunga zid ravishda kontrofakt demenlar paydo qilishidan xavotir bildirilgan edi.

Hozir internet tarmog'ida 22 ta umumiy domen hududi (.com, .org, .net, .info va boshqalar) va 250 ga yaqin davlatlar darajasidagi .ru, .uz kabi domenlar bor.
XS
SM
MD
LG