Линклар

logo-print
iPhone savdosi ilk bor dunyodagi smartphone rusumidagi telefonlar ichida birinchilikka ko‘tarildi. Bunga sabab Finlyandiyaning yetakchi mobil ishlab chiqaruvchi Nokia shirkatining 2011 yilning ikkinchi choragida 523 million kamomadga kirgani bo'ldi.

Joriy yilning ikkinchi choragida Nokia smartphonelari savdosi 16 million 700 ming donaga tushgan bo‘lsa¸ Apple shirkati keyingi uch oy ichida dunyo bo‘ylab 20 million donadan oshiq iPhone sotishga muvaffaq bo‘lgan va shu bilan Applening uch oy ichidagi daromadini kutilganidan ham ko‘proq – 7 milliard 310 million dollarga chiqargan.

90-yillar oxirida jahon qo‘l telefon bozorida AQSh ning Motorola shirkatidan o‘zib birinchilikka chiqqan Nokia bu birinchilikni yana AQSh shirkati¸ faqat bu gal Applega boy berdi.

O‘z telefonlarini Microsoft shirkati tizimiga ulash haqida kelishuvga erishgan Nokia shu yo‘l bilan asosiy raqibi Appledan o‘zishga umid qilmoqda.
XS
SM
MD
LG